3- semestr reklama murojaatining mazmuni va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari


Download 410.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana28.10.2023
Hajmi410.26 Kb.
#1729525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
REKLAMA MUROJAATINING MAZMUNI VA ULARNI ISHLAB

 
Tayanch so‘z va iboralar: Reklama murojaati, murojaat uslubi, ta'sir turlari: 
kognitiv, affektiv,suggestiv, konativ. Qiyosiy reklama, Kasbiy mahoratga urg’u 
berish. Antropomorfizm, Myuzikl, poligrafik reklama, Hayot tarziga urg’u berish, 
mutaxassis olimning maslahati, xayolot, ekzotika, romantika muhitini yaratish. 
Reklama murojaatini ishlab chiqishning asosiy bosqichlari 
Nazorat savollari:
1. Reklama murojaati deganda nimani tushunasiz?
2. Reklama murojaatining qanday uslublari mavjud?
3. Reklama murojaatini tayyorlashning asosiy bosqichlari qanday ?
4. Antropomorfizm nima?
5. Reklamada ta'sir etishning qanday turlari mavjud?


REKLAMA MUROJAATINING TUZILISHI VA POLIGRAFIYA 
ISHLARINING TURLARI, USULLARI 
Reja: 
1. Reklama murojaatining tuzilishi
2. Poligrafiya ishlarining turlari va usullari 
 
Reklama murojaatining tuzilishi. «Murojaatning tuzilishi» tushunchasi 
maxsus adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Bir guruh mutaxassislar murojaat 
strukturasini shakllantirish bu birinchi navbatda uchta echimni izlashdan iboratdir: 
*murojaatda aniq xulosa chiqarish kerakmi, yoki buni auditoriya hukmiga havola 
qilish kerakmi (shunga ko’ra qattiq va yumshoq struktura); *faqat yoqlovchi 
dalillarni bayon qilish kerakmi, yoki ularni rad etuvchi qarshi fikrlarni ham berish 
kerakmi; eng ta’sirchan dalillarni qachon keltirish kerak, xabarning boshidami, 
yoki oxirida.
Reklama tajribasining ko’rsatishicha murojaatning samaradorligi qattiq 
tuzilishda ham, yumshoq ko’rinishda ham yetarli darajada yuqori bo’lishi mumkin. 
Xabarda faqat yoqlovchi dalillarni joylashtirish, odatda, «ittifoqchi» va 
«raqiblar»ning ishoralariga qaraganda samaraliroq chiqadi. 
«Pozitsion ta’sir» degan tushuncha psixologlar tomonidan yetarlicha tadqiq 
etilgan. Reklamaga tatbiq etilganda mazkur tushuncha reklama ma’lumotidagi 
birinchi va oxirgi qismlarning ancha tez va mustahkam yodda saqlanib qolishini 
nazarda tutadi. Reklama murojaatining o’ng tomoni chap tomoniga nisbatan 
taxminan ikki barobar oson va yaxshi esda qoladi. 
Ushbu fikrning isboti S. R. Gaas jadvalida o’z ifodasini topgan. Unda ro’znoma 
sahifasidagi murojaat pozitsiyasi samaradorligini tahlil qilish natijalari 
ko’rsatilgan.
1-jadvalda pasayib borishigi ko’ra 1dan (eng yuqori) 24gacha (eng past) 
pozitsiya tabaqalari ko’rsatilgan gazeta sahifasi chizma holida taqdim etilgan.
Murojaat strukturasini tushuntirishga harakat qiluvchi yana bir yondoshuvga 
ko’ra uning kompozitsiyasini ishlab chiqish taklif etiladi. U quyidagi qismlardan 
iborat bo’lishi mumkin: slogan (shior), boshlanish, axborot bloki, ma’lumot uchun 
xabarlar, aks-sado.

Download 410.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling