3- semestr reklama murojaatining mazmuni va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari


Poligrafiya ishlarining turlari va usullari


Download 410.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana28.10.2023
Hajmi410.26 Kb.
#1729525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
REKLAMA MUROJAATINING MAZMUNI VA ULARNI ISHLAB

Poligrafiya ishlarining turlari va usullari. Boshlovchi bosma ishlab chiqarish 
haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishi kerak. Bu degani u asosiy poligrafik 
jarayonlar, terish, klishe va nashr shakllari va bosish usullari bilan tanish bo’lishi 
kerak. Terish, ya’ni, birlamichi matnga bosish yoki bosma qoliplar yasash uchun 
yaroqli ko’rinish berish, so’nggi yillarda ancha o’zgardi. Hozirgi kunda amalda 
terishning 6 turidan foydalaniladi: 1) alohida metall literlar yordamida qo’l bilan; 
2) metall literlarni mashinada terish; 3) matnni «IBM kompozer», «Djastorayter» 
yoki «Veritayper» rusumli yozuv yoki teruv-yozuv mashinasida terish; 4) optik 
o’quv qurilmalari yordamida terish; 5) foto usulida terish; va 6) video terminal 
qo’rilmalarda terish. So’nggi yillarda reklama uchun, ayniqsa, oddiy va ajratilgan 
matnlarni terishda yuqori egiluvchanligi va tezligi bilan ajralib turadigan foto usuli 
shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Fotosuratga olish bu bosiladigan yuzalikni 
fotografiya yordamida tayyorlash imkoniyatini beruvchi jarayondir.


Reklama murojaati qanday yo’l bilan ko’paytiriladi? Bu tanlov buyurtma 
tabiatini muayyan texnologiya bilan tezkorlik, sifat va qonuniyatlar nuqtai 
nazaridan taqqoslab ko’rishni talab qiladi. Bosishning turli yo’llari o’zlarining 
ayrim afzalliklari va kamchiliklari mavjudligini yodda saqlash foydadan xoli emas. 
1) Yuqori bosma usuli. Detallarni aniq joylashtirilishi va yaxshi sifatni 
ta’minlaydi. Biroq u tasvirlarda ofsetga xos bo’lgan ton mayinligini bermaydi va 
yuqori liniaturali yarimton tasvirlarni chiqarish uchun oq qog’ozni talab qiladi. 
Bundan tashqari yuqori bosma ofsetga nisbatan qimmatga tushadi.
2) Chuqur bosish. Yuqorisi kabi aniq ottisk bermaydi, chunki butun bosma 
qolip rastr bilan qoplangan, qolip stilindrlarini tayyorlash esa, juda qimmat turadi. 
Lekin so’nggi natija a’lo darajada bo’ladi va adad ko’p bo’lgan hollarda (100 ming 
nusxadan ko’p) nisbatan arzonga tushadi.
3) Ofset. Bu kam adadli nashrlar uchun eng tejamkor usul hioblanadi. Ayni 
paytda ko’p adadlarda chop etishda u ikki tomonlama bosadigan zamonaviy 
varaqli mashinalar va rulonli ofset mashinalariga nisbatan bir muncha 
rentabelliroq. Foto usulida terilgan matnlar bilan ishlash uchun ofset ayniqsa 
yaxshi moslashtirilgan. 
4) Trafaret usulida bosish. Bu usulning muhim afzalligi uning universalligi va 
to’la bo’yoq qatlami evaziga erishish mumkin bo’lgan yorqinligidir. Trafaret 
bosish usuli yordamida matn va tasvirlarni nafaqat qog’ozga, balki, boshqa turli 
materiallarga ham tushirish mumkin. Kamchiliklari asosan jarayonning boshqa 
bosish usullaridagi tezlikka nisbatan uzoq davom etishi bilan bog’liq. 
Har qanday teletomoshabin televizion reklama roliklarining ko’plab turlari 
mavjudligini yaxshi biladi. Ularning barchasini sanab o’tirmay, ularning 
studiyaviy, kinoplyonkaga tushirilgan yoki magnit tasmasiga yozilgan turlari 
borligini eslatib o’tamiz.
Studiyaviy roliklarga nisbatan videofilm, tabiiyki, reklama beruvchiga tasviriy 
effektlardan foydalanish uchun ko’proq imkoniyat yaratadi, lekin ancha qimmatga 
tushadi. 
Reklama xabari shaklining asosiy o’lchamalari(parametrlari) murojaat ohangi 
va uning uslubiy yechimlaridir. 
Reklama murojaatini ishlab chiqishda qabul qiluvchi tomonidan xabarni idrok 
etishning psixologik qonuniyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 
Reklama xabari shaklini ishlab chiqishda murojaat kontekstini hisobga olish 
ayniqsa muhimdir, iloji boricha rejalanmagan aralashuvlardan qochish kerak, 
reklama murojaatining nurlar gammasini to’g’ri tanlash lozim.

Download 410.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling