3- semestr reklama murojaatining mazmuni va ularni ishlab chiqishning asosiy bosqichlari
Poligrafiya ishlarining turlari va usullari
Download 410.26 Kb. Pdf ko'rish
|
REKLAMA MUROJAATINING MAZMUNI VA ULARNI ISHLAB
Poligrafiya ishlarining turlari va usullari. Boshlovchi bosma ishlab chiqarish
haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishi kerak. Bu degani u asosiy poligrafik jarayonlar, terish, klishe va nashr shakllari va bosish usullari bilan tanish bo’lishi kerak. Terish, ya’ni, birlamichi matnga bosish yoki bosma qoliplar yasash uchun yaroqli ko’rinish berish, so’nggi yillarda ancha o’zgardi. Hozirgi kunda amalda terishning 6 turidan foydalaniladi: 1) alohida metall literlar yordamida qo’l bilan; 2) metall literlarni mashinada terish; 3) matnni «IBM kompozer», «Djastorayter» yoki «Veritayper» rusumli yozuv yoki teruv-yozuv mashinasida terish; 4) optik o’quv qurilmalari yordamida terish; 5) foto usulida terish; va 6) video terminal qo’rilmalarda terish. So’nggi yillarda reklama uchun, ayniqsa, oddiy va ajratilgan matnlarni terishda yuqori egiluvchanligi va tezligi bilan ajralib turadigan foto usuli shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Fotosuratga olish bu bosiladigan yuzalikni fotografiya yordamida tayyorlash imkoniyatini beruvchi jarayondir. Reklama murojaati qanday yo’l bilan ko’paytiriladi? Bu tanlov buyurtma tabiatini muayyan texnologiya bilan tezkorlik, sifat va qonuniyatlar nuqtai nazaridan taqqoslab ko’rishni talab qiladi. Bosishning turli yo’llari o’zlarining ayrim afzalliklari va kamchiliklari mavjudligini yodda saqlash foydadan xoli emas. 1) Yuqori bosma usuli. Detallarni aniq joylashtirilishi va yaxshi sifatni ta’minlaydi. Biroq u tasvirlarda ofsetga xos bo’lgan ton mayinligini bermaydi va yuqori liniaturali yarimton tasvirlarni chiqarish uchun oq qog’ozni talab qiladi. Bundan tashqari yuqori bosma ofsetga nisbatan qimmatga tushadi. 2) Chuqur bosish. Yuqorisi kabi aniq ottisk bermaydi, chunki butun bosma qolip rastr bilan qoplangan, qolip stilindrlarini tayyorlash esa, juda qimmat turadi. Lekin so’nggi natija a’lo darajada bo’ladi va adad ko’p bo’lgan hollarda (100 ming nusxadan ko’p) nisbatan arzonga tushadi. 3) Ofset. Bu kam adadli nashrlar uchun eng tejamkor usul hioblanadi. Ayni paytda ko’p adadlarda chop etishda u ikki tomonlama bosadigan zamonaviy varaqli mashinalar va rulonli ofset mashinalariga nisbatan bir muncha rentabelliroq. Foto usulida terilgan matnlar bilan ishlash uchun ofset ayniqsa yaxshi moslashtirilgan. 4) Trafaret usulida bosish. Bu usulning muhim afzalligi uning universalligi va to’la bo’yoq qatlami evaziga erishish mumkin bo’lgan yorqinligidir. Trafaret bosish usuli yordamida matn va tasvirlarni nafaqat qog’ozga, balki, boshqa turli materiallarga ham tushirish mumkin. Kamchiliklari asosan jarayonning boshqa bosish usullaridagi tezlikka nisbatan uzoq davom etishi bilan bog’liq. Har qanday teletomoshabin televizion reklama roliklarining ko’plab turlari mavjudligini yaxshi biladi. Ularning barchasini sanab o’tirmay, ularning studiyaviy, kinoplyonkaga tushirilgan yoki magnit tasmasiga yozilgan turlari borligini eslatib o’tamiz. Studiyaviy roliklarga nisbatan videofilm, tabiiyki, reklama beruvchiga tasviriy effektlardan foydalanish uchun ko’proq imkoniyat yaratadi, lekin ancha qimmatga tushadi. Reklama xabari shaklining asosiy o’lchamalari(parametrlari) murojaat ohangi va uning uslubiy yechimlaridir. Reklama murojaatini ishlab chiqishda qabul qiluvchi tomonidan xabarni idrok etishning psixologik qonuniyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Reklama xabari shaklini ishlab chiqishda murojaat kontekstini hisobga olish ayniqsa muhimdir, iloji boricha rejalanmagan aralashuvlardan qochish kerak, reklama murojaatining nurlar gammasini to’g’ri tanlash lozim. Download 410.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling