3. 2-Mavzu. Matlab dasturlash elementlari va ular bilan ishlash. Reja
Download 361.34 Kb. Pdf ko'rish
|
3.2-mavzu-MAT Lab2
- Bu sahifa navigatsiya:
- » help ops
– Save Workspace As buyrugʻi orqali yoki sessiyada save nom orqali saqlab, keyinchalik load nom orqali
tiklab olish mumkin. Saqlangan fayl .mat kengaytmali boʻladi. Oʻzgaruvchining nomi (uning identifikatori) amalda cheklanmagan uzunlikdagi simvollardan iborat boʻlishi mumkin, lekin boshlangʻich 31 simvol eslab qolinadi va identifikatsiya qilinadi. Har qanday oʻzgaruvchining nomi boshqa oʻzgaruvchilarning, funksiyalarning va tizim protseduralarining nomi bilan bir xil boʻlmasligi kerak. Oʻzgaruvchilarning nomlari xarf bilan boshlanadi va oʻz ichiga xarflar, raqamlar, taʻkidlash simvoli (satr osti chizigi) _ ni olishi mumkin. Fakat uzgaruvchining nomida probellar maxsus belgilar, masalan +, ., -, *, / va x-k. boʻlmasligi kerak. Oʻzgaruvchilar odatdagi koʻrinishda yoki indekslangan, yaʻni vektor va matritsalarning elementlari boʻlishi mumkin. Simvolli oʻzgaruvchilar ham ishlatilishi mumkin, bunda simvol qiymatlar apostroflar ichiga olinadi, masalan s=‘Demoʻ. Bunda sonlar ikki oʻlchamli massiv xisoblanadi yoki matrisa va 1x1 koʻrinishga ega. Umumiy tarzda m x n, bunda m-ustunlar soni, n-satrlar soni. Operator — bu maʻlumotlar (operandlar) ustida bajariladigan maʻlum amallarni ifodalovchi maxsus belgilash. Masalan, eng sodda arifmetik operatorlarga qoʻshish, ayirish koʻpaytirish va boʻlish belgilari kiradi. Operatorlar operandlar bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, 2+3 ifodada + belgisi operator, 2 va 3 sonlari esa — operandlardir. Shuni taʻkidlash oʻrinliki, koʻplab operatorlar matritsaviy amallarga taalluqli boʻlganligi sababli jiddiy tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, koʻpaytirish operatori * va boʻlish operatori / ikkita koʻp oʻlchamli massivlar, vektorlar yoki matri- salarning koʻpaytmasi va boʻlinmasini hisoblaydi. Qator maxsus operatorlar ham mavjud, masalan, \ operatori oʻngdan chapga boʻlishni, .* va ./ operatorlar esa massivlarni elementlararo koʻpaytirish va elementlararo boʻlishni ifodalaydi. Operatorlarning toʻliq roʻyhatini buyruqlar satrida help ops buyrugʻidan foydalanib olish mumkin. Bunday ruyhatning arifmetik operatorlarni oʻz ichiga oluvchi bir qismi quyida keltirilgan: » help ops Nazorat savollari: 1. Matematik ifoda deb nimaga aytiladi? 2. Matematik ifodalar bilan amallar? 3. Sonning mantissasi nima? 4. Konstantani tushuntiring? 5. Matlabda kompleks sonlar qanday kiritiladi? Download 361.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling