3. 3-mavzu: G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy geografik tavsifi


Xo’jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari


Download 59.44 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi59.44 Kb.
#1604756
1   2   3   4
Bog'liq
3.3-мавзу

4. Xo’jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari: GFR – yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga ko’ra dunyoda AQSh va Yaponiyadan keyin uchunchi o’rinda, jahon savdosida ikkinchi o’rinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6% ni, qishloq xo’jaligining ulushi 1,2% ni tashkil etadi. Germaniyaning Yevropa va jahon xo’jaligidagi muhim ahamiyatini uning yuqori sifatli mahsulot chiqarishga qaratilgan sanoati belgilaydi. Fantalab tarmoqlarining hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlarini, avtomobil, organi Kime mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha Germaniya dunyoda oldingi o’rinlardan birini egallaydi.
Sanoati. Nemis iqtisodiyotning asosiy tayanchi-sanoatdir. Sanoat mahsuloti qiymati jihatdan qishloq xo’jaligi mahsulotidan 6 barobar ortiq. Germaniya eng murakkab mahsulotlar-mashinasozlik va sertarmoq Kime sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar import qiladigan mashinlarning 33% ga yaqin qismini Germaniyadan oladi. Mashinasozlikning eng yirik markazlariga: Myunxig, Leyxig, Nyurnberg, Berlin, Gamburg shaharlari hisoblanadi. Germaniyada undan tashqari energetika, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, Kime va neft kimyosi, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik g’oyat rivojlangan. GFRning rangli metallurgiyasi, asosan, chetdan keltirilgan va ikkilamchi xomashyoda ishlaydi. Korxonalarning joylanishining bosh omili-energiya resurslari bilan ta’minlanganlik va xomashyoni olib kelishdagi qo’laylik.
Alyuminiyni eritish bo’yicha G’arbiy Yevropada faqat Norvegiyadan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi.
Avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha Germaniya dunyoda Yaponiya va AQShda6n keyingi uchinchi o’rinni egallaydi. Uning8 yirik markazlari – Volsburg, Shtushtgart, Kyoln, Myunxen shaharlaridir.
Dengiz kemasozligining asosiy markazlariga – Kil, Gamburg, Brelin, Rostok shaharlari kiradi. Samolyotsozlik markazlari – Myunxen,sburg, Gamburg, Bremen shaharlari hisoblanadi.
Germaniya Kime sanoatining asosiy rayoni bu Shimoliy Reyn – Vestfaliya yeridir. Eng yirik markazlari: Leverkuzen («Baer» konserni), Kyoln, Frankfurt – Mayn («Hochyot» konserni), Lyudvichsxofen («Basf» konserni).
Germaniya sanoati asosan o’rta korxonalardan iborat. Sanoatda band bo’lgan barcha xodimlarning 32% dan ko’prog’i yirik firmalarda ishlaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sun’iy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va o’lchov asboblari, temkommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi o’rinda.

Download 59.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling