3-amaliy ish mavzu: Metall kesish jarayonida ishlatiladigan o’lchov moslamalar. Ishning maqsadi
Download 44.34 Kb.
|
3-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Nazorat savollari
- Ахborot manbaalari
3-AMALIY ISH MAVZU: Metall kesish jarayonida ishlatiladigan o’lchov moslamalar. Ishning maqsadi: Metall kesish jarayonida ishlatiladigan o’lchov moslamalar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, xususiyatlari texnologiyasini o‘rganish. Kerakli jihozlar: tasvirlangan plakatlar, o’lchov asboblari, qog‘oz, karton, qaychi, qalam, chizg‘ich, plakat, tabiiy ashyolar va hokazo. Nazariy qism. Kesuvchi asboblarning ishchi qismini tayyorlash uchun uglerodli, legirlangan va tezkesar asbobsozlik po’latlari, metallokeramik qattiq qotishmalar, mineralokeramik materiallar, olmoslar qo’llaniladi. Asbobsozlik materiallariga qo’yilgan asosiy talablarga ularni qattiqlik, eyilishga chidamlilik issiqbardoshlik, mustahkamlik va qovushqoqlik hamda mexanik ishlov berilish kabi asosiy xossalari yuqori bo’lishi kiradi. Eyilishga chidamlilik va issiqbardoshlik kabi xossalar issiqlik o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan aniqlanadi. Hozirgi davrda nometall emas materiallarga, rangli metallarga va qotishmalarga, qisman fenolformaldegidlarga, karbamid smolalariga, asetilselliyuzaga, rezinaga, ebonitga, grafitga, misga, latunga, bronzaga, babbitga, oltinga, kumushga, alyuminiyga, platinaga, rux va magniy qotishmalarini nafis yo’nish uchun olmos keskichlar keng ko’lamda qo’llanilmoqda (13 jadval). Po’lat va cho’yanlarga ishlov berishda olmos keskichlarni qo’llash foydali hisoblanmaydi. Olmos keskichlarning boshqa asbobsozlik materiallaridan tayyorlangan keskichlarga nisbatan turg’unligi o’n va yuz marta kattadir. Bu olmoslarning yuqori qattiqlikka va eyilishga chidamliligiga ega ekanligi va ishqalanish koeffisientini kichikligi hamda issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Olmosning asosiy fizik mexanik xosslari: jadval.
Olmos keskichlarning ishchi yuzalari 13-14 kvalitet tozaligigacha bo’lishi mumkin, kesuvchi qirraning yumaloqlanish radiusi esa 1 mkm gacha va xatto 0,05 - 0,10 mkm gacha bo’ladi. SHu bilan bir qatorda olmos juda mo’rt, mustahkamligi past bo’ladi. SHuning uchun olmos keskichlarni, kuchlarning keskin tebranishidan va haroratning tasodifiy oshishidan saqlash shart. Ishni bajarish tartibi: 1. Metall kesish jarayonida ishlatiladigan o’lchov moslamalar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. 2. O’lchov moslamalar turlari va xususiyatlari. 3. Metall kesish jarayonida ishlatiladigan o’lchov moslamalar bilan ishlash, buyumlar tayyorlash. 4. Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash. 5. Texnologik xarita tuzish. Nazorat savollari 1. Metall kesish jarayonida ishlatiladigan o’lchov moslamalarning qanday turlari mavjud? 2. O’lchov moslamalar turlari haqida tushuntirib bering? 3. O’lchov moslamalar turlarini va xususiyatlari jarayonini ayting? Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. А.С.Искандаров «Материалларни кесиб ишлаш, кесувчи асбоблар ва станоклар» (Ўқув қўлланма). Т.: «Фан ва технология» 2004 й. 2. В.А.Мирбобоев « Конструкцион материаллар технологияси» (Дарслик). Т.: «Ўзбекистон» 2004 й. 3. К.Б.Усмонов “Металл кесиш асослари”.-Т.: “Ўқитувчи” 2004 й. 4. В.Н.Долгунин, П.А.Иванов, В.А.Пронин ,,Методи научно–технического творчества” ФГБОУ ВПО,,ТГТУ” 2014 йил. 5. А.И.Воробеов, С.А.Лиманский “Техник конструкциялаш ва моделлар ясаш” Т. “Ўқитувчи ” 1992 йил 6. Д.Д.Зупарова, Н.Н.Каримова ”Дизайн тарихи” 2015 йил Ахborot manbaalari www.tdpu.uz www.pedagog.uz www.ziyonet.uz www.edu.uz Download 44.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling