3-amaliy mashg‘ulot.
Ijodiy metod va adabiyotshunoslik metodlari masalasi
Ishdan maqsad: Ijodiy metod va adabiyotshunoslik metodlari haqida bilimga ega bo’lish. Ilmiy manbalarni tahlil qilish.
Masalaning qo‘yilishi: Tinglovchi ilmiy adabiyotlar bilan tanishadi, termin va istilohlar mohiyatini lug‘at va ensiklopediyalardan konspekt oladi va Ijodiy metod va adabiyotshunoslik metodlariga oid ilmiy adabiyotlardan konspekt oladi.
Ishni bajarish uchun namuna
Adabiyotshunoslik metodologiyasi, deganda aksar holatda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, turli metodlar, ilmiy tadqiqot usullari, asarga yondashuvlar, manbaning tadqiq jarayonini rejali uyushtirish va talqin etish yo‘llari tushuniladi. Metodlar fan sohasidagi shunday bir “qurilma”ki, undan turli darajadagi bilim, tajriba va dunyoqarashga ega olimlar o‘z maqsadiga, ilmiy haqiqatga yetishlari uchun o‘z bilim darajasi va dunyoqarashiga mos ravishda foydalanadi. Metodologiya tadqiqotchiga yo‘nalish beradi. Bu soha olimning shaxsiy izlanishlari davrida shakllanib muqimlashadi. Natijada ob’yekning qaysi jihatlarini qanday metod asosida bajarish lozimligi ko‘rinadi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Каримов Б. “Адабиётшунослик методологияси”. Т. “Муҳаррир” нашриёти. 2011.
2. Расулов А. Танқид, талқин, баҳолаш. «Фан», 2006.
3. Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур. –Т. “Akademnashr”, 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |