3-amaliy mashg’ulot ma’lumotlarga ishlov berish komponentasi button komponentasi
MENUSTRIP KOMPONENTASI BILAN ISHLASH
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ShortcutKeys
MENUSTRIP KOMPONENTASI BILAN ISHLASH
Biz yuqorida Standart menyular satrini hosil qilish o’rgandik. Endi o’zimizning “shaxsiy” menyular satrimizni hosil qilishni, uning uchun hodisa ishlab chiqishni va boshqa amallarni ko’rib chiqaylik. Demak, biz MenuStrip komponentasini formamizga joylashtiramiz va natijada bo’sh menyular satri hosil bo’ladi, Bu yerdagi Вводить здесь deb yozilgan matn o’rniga kerakli menyuni yozamiz. Masalan, Opsiya1. Natijada uning ostiga ichki menyular hosil qilish uchun ham alohida Вводить здесь qismi paydo bo’ladi (3.23-rasm). Xuddi shuningdek, uning 3.22-rasm. Файл menyusi uchun Редактор коллекции элементов muloqot oynasi yonida ham yana boshqa menyularni qo’shish uchun shu qism paydo bo’ladi. Demak biz 3.23-rasmdagi kabi menyular satrini hosil qilib olaylik. Bu menyulardagi ichki menyularga hodisa ishlab chiqish jarayonini ko’rib o’taylik. Buning uchun kerakli ichki menyuni tanlaymiz. Masalan, ichkimenu1 va uning События bo’limiga o’tamiz. Undagi Click hodisasini yaratib ko’raylik. Bu hodisa Sichqoncha tugamsining bosilish hodisasi hosiblanib, agar sichqonchaning chap tugmasi bosilsa, qandaydir amallar ketma-ketligi bajariladi. Hodisani yaratish uchun Click maydoniga sichqoncha tugmasini ikki marta bosamiz (3.24-rasm). Bizda .h faylida quyidagi kodlar yozilgan holda namoyon bo’ladi: private : System:: Void ichkimenu1ToolStripMenuItem_Click_1(System:: Object ^ s ender , System:: EventArgs ^ e ) { //Bu yerda C++ tilidagi amallar, operatorlar, buyruqlar yoziladi. } 3.23-rasm. Menyular satrini hosil qilish jarayoni Qolgan menyular uchun hodisalar xuddi shu tartibda yaratladi. Albatta, har bir ichki menyuga qandaydir hodisaga ega bo’lishi kerak. Chunki, menyuning yaratish maqsad, u qandaydir amalni bajarishi lozimligidadir. Endi yana bir qiziqarli jarayonni ko’rib chiqaylik. Ilova bilan ishlash davomida tajribali foydalanuvchilarda birdaniga ikkita savol paydo bo’ladi: Men ishimning samaradorligini ta’minlash maqsadida ko’proq sichqonchadan emas, balki klaviaturadan foydalanaman, xo’sh, bu menyularni tezkor kombinatsion klavishalardan foydalanib ham ochish mumkinmi? Agar menyular satri juda murakkab bo’lsa, ya’ni ularning ichki buyruqlar juda ko’p bo’lsa, tezkor klavishlarni eslab qolish qiyin, shuning uchun iularning eslatib turish uchun nimadir qo’shish mumkinmi? Dasturlar bilan ishlash jarayonida ko’plab foydalanuvchilar asosan klaviaturadan foydalanishadi. Bu ilova bilan ishlashni yanada qulaylashtiradi. Masalan, Word matn muharriri bilan ishlashda tezkor tugmachalar juda muhim hisoblanadi. Ctrl+N yangi hujjat ochish, Ctrl+S saqlash, Ctrl+C esa nusxa ko’chirish 3.24-rasm. Ichki menyu uchun hodisa yararish jarayoni. kabi amallarni bajaradi. Bu ish samaradorligini oshiradi. Xo’sh, bu tugmalar kombinatsiyasini ilovaga bog’lash Visual Studio muhitida qanday bo’ladi? Shu savolgan javob berib o’taylik. Yuqorida keltirilgan Item xossasiga o’tib dastlab har bir menyuni biror klavishlar kombinatsiyasiga bog’laylik. Buning uchun Редактор коллекции элементов muloqot oynasidagi xossalardan ShortcutKeys dan foydalanamiz (3.25- rasm) Bunda kerakli tugmalar kombinatsiyasi qo’lda kiritishingiz yoki tanlash qismiga o’tib tanlashingiz mumkin. Agar ichki menyular ham maxsus klavishalar kombinatsiyasi yordamida chaqirilishini istasangiz, Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling