3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Ekish me’yorlarining arpa yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorligi
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 bobga xulosa
Ekish me’yorlarining arpa yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorligi
№ Tajriba varianti Hosildorlik, s/ga Yalpi mahsulot bahosi, so’m Jami
xarajatlar so’m/ga
1 s donni sotish bahosi, so’m Shartli sof foyda, so’m/ga
1 s don tannarxi, so’m Rentabllik darajasi, % Mavlono 1 2,5 40,3 1500208
1278425 37226
221783 31722,7
17,3 2 3,5 48,0 1786848
1279693 37226
507155 26660,3
39,6 3 4,5 55,2 2054875
1280460 37226
774415 23196,7
60,5 4 5,5 52,0 1935752
1302980 37226
632772 25057,3
48,6 Temur 5 2,5 39,4 1466704
1269625 37226
197079 32224,0
15,5 6 3,5 46,0 1712396
1277865 37226
434531 27779,8
34,0 7 4,5 53,4 1987868
1313347 37226
674521 24594,5
51,4 8 5,5 50,1 1865023
1283675 37226
581348 25622,3
45,3 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
68 Ekish me’yori gektariga 4,5 mln unuvchan urug’ hisobida ekilganda 1 gektar ekinzordan olingan yalpi doromad, shartli sof daromad, rentabellik darajasi yuqori va 1 s donning tannarxi past bo’ldi. Ekish me’yori 4,5 mln dan 5,5 mln gacha oshirilganda iqtisodiy samaradorlik ko’rsatgichlari pasayib bordi.
Yalpi mahsulotni sotishdan olingan daromad 2054875 so’m ekish me’yori gektariga 4,5 mln bo’lganda Mavlono navida kuzatildi. Bunda hamma xarajatlar 1 gektar ekinzorga 1280460 so’m, shartli sof foyda 774415 so’m, 1 s don tannarxi 23196,7 so’m, rentabellik darajasi 60,5 %ni tashkil etdi. Bu ko’rsatgichlar ekish me’yorini gektariga 4,5 mln unuvchan urug’dan kamaytirilganda yoki oshirilganda ham pasaya bordi. Temur navini o’stirishda iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari Mavlono navinikidan ancha pastroq bo’ldi. 3 bobga xulosa Xulosa qilib aytganda Samarqand viloyatining o’tloqi-bo’z tuproqlari sharoitida arpa navlarini oktyabr oyining ikkinchi o’n kunligida gektariga 4,5 mln unuvchan urug’ hisobidan 5 sm chuqurlikka ekis ularning qulay o’sishini, mahsuldor tuplanishini, hosildorligi yuqori bo’lishi bilan birga soha rentabelligi ortidhini ta’minlaydi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
69
Samarqand viloyatining o’tloqi-bo’z tuproqlari sharoitida o’tkazilgan ikki yillik tajribalar natijalarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Samarqand viloyatining o’tloqi-bo’z tuproqlari sharoiti kuzgi arpa navlarini o’stirish uchun qulay bo’lib, yuqori va sifatli don hosili yetishtirishni to’liq ta’minlaydi. 2. Samarqand viloyatining o’tloqi-bo’z tuproqlari sharoitida ekish me’yorini 2,5 mln dan 5,5 mln dona unuvchan urug’ga oshirilganda Mavlono va Temur navlarida dala unuvchanligi navlarga muvofiq holda 6,8; 8,2 %gacha kamayadi. Qishga chidamliligi esa navlarga mos ravishda 12,2; 11,2 %ga pasayadi. 3. Ekish me’yorlarini gektariga 2,5 mln dan 5,5 mln unuvchan urug’gacha oshirish o’suv davrini 3-4 kunga qisqartiradi. Ekish me’yorining oshishi bilan hosilning pishib yetilishi tezlashadi. Arpaning Temur navi Mavlono naviga nisbatan 4-5 kun erta pishib yetiladi. Arpaning ildiz tizimi tuproqning chuqur qatlamida ko’proq massa to’playdi va pastki qatlamlarga ko’proq joylashadi. 4. Ekish me’yorlarining oshib borishi bilan o’simliklar barg yuzasi, quruq modda to’planishi, fotosintetik potensiali, fotosintez sof mahsuldorligi ortib boradi. Arpaning eng katta fotosintetik potensiali boshoqlash fazasida kuzatiladi. Bahorgi tuplanishdan gullash fazasigacha fotosintetik potensial oshib boradi. 5. Arpaning Mavlono va Temur navlari maqbul me’yorda (gektariga 4,5 mln unuvchan urug’) ekilganda yuqori don hosilini shaklantiradi. Ekish me’yorini yanada oshirish (5,5 mln) don hosili oshishida ishonarli farq kuzatilmaydi. Arpaning Mavlono va Temur navlarida ekish me’yorlarining oshib borishi bilan boshoqning uzunligi, boshoqdagi boshoqchalar, boshoq va boshoqchalardagi don soni, bir boshoqdagi don massasi kamayib boradi. Ekish PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
70 me’yorlarini 2,5 mln dan 5,5 mln unuvchan urug’gacha oshib borishi bilan o’simlik mahsuldor tuplanishi ham kamayib boradi. 6. Arpaning Mavlono va Temur navlarida ekish me’yorlarining oshib borishi bilan 1000 ta don massasi, don naturasi va don tarkibidagi oqsil miqdori kamayib boradi. Bir gektardan olinadigan eng yuqori oqsil hosili maqbul ekish me’yori gektariga 4,5 mln unuvchan urug’ ekilganda olinadi. 7. Arpaning Mavlono va Temur navlarini maqbul me’yorda (4,5 mln unuvchan urug’) ekilganda yetishtirilgan 1 s donning tannarxi nisbatan past navlarga muvofiq holda 23196,7; 24594,5 so’m, rentabellik darajasi esa yuqori navlarga mos ravishda 60,5; 51,4 %ga teng bo’ldi. 8. Urug’lar qanchalik chuqur ekilsa, dala unuvchanlik shunchalik past bo’ladi, Mavlono navida urug’lar 3 sm chuqurlikka ekilganda 80,2 %, 11 sm chuqurlikka ekilganda esa 44,7 %ni tashkil etdi. Eng yuqori ko’rsatkich urug’lar 5 sm chuqurlikka ekilganda kuzatilib, 81,3 % bo’lganligi aniqlandi. Bahorgi oziqlantirish o’tkazilganda siyrak o’simliklar qulay oziqlanganligi bois aprel oyidan boshlab o’simliklar jadal o’sa boshlaydi. 9. Urug’lar yuza (3 sm) ekilganda tuproq yuza qatlamida namlikning yetishmasligi, bundan tashqari tuplanish bo’g’ini yuzada bo’lganligi bois mahsuldor tuplanish kam bo’ladi, ya’ni navlarga tegishli ravishda 1,43 va 1,41 bo’lganligi aniqlandi. Maydon birligidagi o’simliklar soni va mahsuldor tuplanish hisobiga mahsuldor poyalar soni keng ko’lamda o’zgaradi. Bitta boshoqdagi don massasi Mavlono navida 2,23 g dan 2,72 g gacha o’zgardi. Analogik ko’rsatkichlar Temur navida ham kuzatildi. 10. Eng yuqori hosildorlik urug’lar 5 sm chuqurlikda ekilganda kuzatilib, 3 sm chuqurlikda ekilgandagiga nisbatan hosilning 123,2 % ko’payishi, xuddi shu varintalarda ko’rsatkich Temur navida 128,3 % bo’lganligi qayd etildi. Urug’lar 5 sm chuqurlikka ekilganda ishonarli qo’shimcha hosil olish (EKIF05 2,81 s/ga) ta’minlangan bo’lsa, navlar bo’yicha EKIF05 1,76 s/ga tengligi va Temur naviga nisbatan Mavlono navi hosildorligi yuqoriligi aniqlandi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling