3. Balansli modulyatsiya Bir polosali modulyatsiya Burchak modulyatsiyalangan signallar
Download 36.92 Kb.
|
1-Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tranzistorli amplituda modulyatori
- Balansli modulyatsiya
Diodli amplituda modulyatoriBir taktli diodli AM modulyator sxemasi. Diodli amplituda modulyatori sxemasi Agar nochiziqli element vaxsining ikkinchi darajali ko‘phad bilan approksimatsiyalangan qismidan tashqariga chiqsa, u holda VAXni uchinchi darajali ko‘phad bilan approksimatsiyalanadi, natijada yana qo‘shimcha spektral tashkil etuvchilar paydo bo‘ladi. Ulardan chastotali spektr tashkil etuvchilar parallel kontur – yuklama o‘tkazish polosasiga tushishi mumkin (agar bo‘lsa), natijada buzilish paydo bo‘ladi, tashuvchi bir vaqtda va bilan modulyatsiyalangan bo‘ladi. Tranzistorli amplituda modulyatoriAM signallarni olishda tranzistorli modulyatorlar modulyatsiyalovchi signal aktiv elementlarning qaysi uchlari orasiga berilganiga qarab farqlanadilar. Tashuvchi signal va modulyatsiyalovchi signal bipolyar tranzistorning baza-emitter oralig‘iga berilgan bo‘lsa, baza modulyatsiyasi deb ataladi. Tashuvchi signal baza-emitter oralig‘iga va modulyatsiyalovchi signal kollektor-emitter oralig‘iga berilgan bo‘lsa kollektor modulyatsiyasi deb ataladi. Tashuvchi signal baza-emitter oralig‘iga, modulyatsiyalovchi signal bir vaqtning o‘zida baza-emitter va kollektor-emitter oralig‘iga berilsa bunday modulyatsiya murakkab modulyatsiya turi hisoblanadi. T ranzistorli baza modulyasiyali AM modulyatori sxemasi Balansli modulyatsiyaYuqorida ta’kidlanganidek, AM signal quvvatining katta qismi hech qanday axborotga ega bo‘lmagan tashuvchi uchun sarflanadi. Uzatkich quvvatidan samarali foydalanish uchun tashuvchisi yo‘q qilingan (bostirilgan) ikki polosali signaldan foydalanish maqsadga muvofiq. Spektrida tashuvchisi mavjud bo‘lmagan va faqat ikkita yon tomon polosalaridan iborat bo‘lgan garmonik modulyatsiya turi balansli modulyatsiya (inglizcha – amplitude modulation with suppressed carrier, AM-SC) deb ataladi [ BM signalni shakllantirish qurilmasi balansli modulyator deb ataladi. Balansli modulyatorning prinsipial sxemalari: diodli ikki taktli amplituda modulyatoridan iborat Bunda tashuvchi chastota sxemaning ikkita yelkasiga bir xil faza bilan, modulyatsiyalovchi chastota esa qarama-qarshi faza bilan ta’sir etadi. BM chiqishida chastotali signalni hosil qilamiz, bunda tashuvchi chastota kompensatsiyalanadi (yo‘qoladi), chunki diodlardan o‘tayotgan tok va chastotalar qarama-qarshi faza bilan o‘tadi. BM sifatida halqali modulyator (HM) deb ataluvchi ikkita ikki taktli amplituda modulyatori birlashmasidan iborat sxema ham ishlatiladi Xulosa o‘rnida quyidagilarni keltiramiz. BM signal spektrining kengligi AM signal spektrining kengligi bilan teng. BMda AMga nisbatan uzatkichning quvvatidan samarali foydalaniladi, chunki bunda tashuvchi chastotani nurlatish uchun hech qanday energiya sarflanmaydi. Shunga qaramasdan BM keng qo‘llanilmaydi, chunki qabul qilish tomonida BM signaldan foydali axborot signalini ajratib olish uchun zarur bo‘lgan tashuvchini tiklashning iloji yo‘q. Download 36.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling