Burchak modulyatsiyalangan signallar
Burchak modulyatsiyasida tashuvchi tebranishning amplitudasi doimiy saqlanadi, foydali axborot esa chastota yoki fazaning o‘zgarishida aks etadi. Agar modulyatsiyalovchi signal ta’sirida tashuvchi tebranishning chastotasi o‘zgarsa, bunday modulyatsiya chastota modulyatsiyasi (ChM); fazasi o‘zgarsa, bunday modulyatsiya faza modulyatsiyasi (FM) deb ataladi. Ushbu ikki tur modulyatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli burchak modulyatsiyasi deyiladi Agar garmonik tashuvchining amplitudasini o‘zgarmas qilinsa va modulyasiyalovchi signal tashuvchining to‘liq fazasigi ta'sir qilsaburchak modulyatsiyali radiosignal modelini hosil qilamiz
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
Burchak modulyatsiyali tebranishlarni shakli bo‘yicha aniqlash (bir-biridan ajratish) mumkin emas. Buning uchun modulyatsiyalovchi signalni ham bilish kerak.
Agar modulyatsiyalovchi signalni differensiallovchi qurilmadan o‘tkazib, uni chastota modulyatoriga bersak faza modulyatsiyasi hosil bo‘ladi.
Agar modulyatsiyalovchi signalni integrallovchi qurilmadan o‘tkazib, uni faza modulyatoriga bersak chastota modulyatsiyasi hosil bo‘ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |