3. Balansli modulyatsiya Bir polosali modulyatsiya Burchak modulyatsiyalangan signallar
Download 36.92 Kb.
|
1-Mustaqil ish
Bir polosali modulyatsiya
Balansli va amplitudasi modulyatsiyalangan signalda foydali axborot ushbu signal spektrining yon polosalari tarkibida bo‘ladi. Ushbu yon polosalar bir xil axborot tashiydilar. Agar ushbu yon polosalardan birini bartaraf qilsak, quyidagi afzalliklarga ega bo‘lamiz: radioaloqa uzoqligini saqlab qolgan holda radiouzatkich quvvatini kamaytirish; uzatilayotgan signal polosasini ikki marta qisqartirish, buning natijasida esa radioqabullagich o‘tkazish polosasini (oralig‘ini) qisqartirish (toraytirish) hamda bitta aloqa liniyasida kanallar sonini ko‘paytirish imkoniyati paydo bo‘ladi; radioqabullagichda signal/shovqin nisbatini oshirish. Bir polosali modulyatsiya (BPM; inglizcha – single side band, SSB) deb spektrida faqat bitta yon tomon: yuqori yoki pastki polosasi mavjud bo‘lgan amplituda modulyatsiya turiga aytiladi. Bir polosali modulyatsiya AM signal spektridagi tashuvchi va bitta yon polosani bostirish orqali hosil qilinadi. Bunda spektrda faqatgina bitta yon polosa qoladi. Garmonik BPM signal agar yuqori polosadan foydalanilsa quyidagicha ifodalanadi Bir polosali signalni hosil qilishda ikki usuldan foydalaniladi: Filtrlash usuli; Fazakompensatsiya usuli. Filtrlash usulida balansli modulyator yoki halqali modulyator yordamida BM signal hosil qilinadi va hosil bo‘lgan signalning bitta polosasi (yuqori yoki pastki) filtr orqali filtrlanadi. Filtr sifatida oddiy polosa filtrlaridan foydalanish mumkin. Bir polosali signalni shakllantirishning barcha usullarida murakkab apparaturalar talab qilinadi. BPM signal spektrining kengligi AM signal spektrining kengligiga nisbatan 2 marta qisqaradi, natijada esa radioqabullagich o‘tkazish oralig‘ini qisqartirish imkoniyati yuzaga keladi. Faqat shuning hisobiga signal/shovqin nisbati kuchlanish bo‘yicha marotaba va quvvat bo‘yicha 2 marotaba kattalashadi. BPM signalni uzatishdagi umumiy samaradorlik AMga nisbatan 16 marotaba ko‘proq. BPM asosan ko‘p kanalli radioaloqa tizimlarida ishlatiladi. Bu holda har bir uzatilishi kerak bo‘lgan xabar BPM signalga aylantiriladi va chastota bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Keyin esa bu signallar qo‘shilib guruh signaliga aylantiriladi. Chastota bo‘yicha ajratishga asoslangan bunday tizimlar bir necha yuzlab telefon xabarlarini uzatishi mumkin. Download 36.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling