3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


oshmaydigan qilib belgilanadi


Download 433.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana16.06.2023
Hajmi433.02 Kb.
#1495874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
3 Moliyaviy hisob va hisobot

oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular 
ish vaqtining aniq muddati 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati 
tomonidan belgilanadi.
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan 
tashqari ishlash, ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘ llanishi 
mumkin.
Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, 
shuningdek, mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o ‘ta zararli ishlarda ish 
vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi 
kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan 
belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va 
uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi.
Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi 
bilan oldindan tanishtirilishi lozim.


Ishdagi yutuqlar uchun xodim ga nisbatan rag‘batlantirish 
choralari qo‘llanilishi mumkin. R ag‘batlantirish turlari, ularni 
qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnoma- 
lari, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda boshqa lokal hujjatlarda, 
jamoa kelishuvlarida, intizom to ‘g‘risidagi ustav va nizomlarda 
belgilab qo‘yiladi.
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi 
quyidagi intizomiy jazo choralarini qo ‘llashga haqli:
1) hayfsan;
2) o‘rtacha oylik ish haqining o ‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan 
miqdordajarima.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kun­
dan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim 
shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy 
jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, 
xodimning iltimosiga binoan, mehnat jam oasi yoki xodimning 
bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan 
oldin ham olib tashlashga haqli.

Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling