3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


Ishbay-progressiv shaklida


Download 433.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana16.06.2023
Hajmi433.02 Kb.
#1495874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
3 Moliyaviy hisob va hisobot

Ishbay-progressiv shaklida mehnatga haq to‘lash belgilan­
gan normalar doirasida oddiy ishbay narxlarda hisob-kitob qili- 
nadi, normadan ortiqcha qismiga oshirilgan narxlarda hisob-kitob 
! qilinadi. Masalan, dastlabki normani 1-10 %ga ortiqcha bajarili- 
| shi ishbay narxlar 20 %ga oshiriladi, ortiqcha bajarilish 10—30 %ni 

tashkil etsa, narxlar 30 %ga oshiriladi va hokazo.
Akkord - barcha ishlarni bajarish muddati va summasini 
umumlashtirib, ularni kompleks baholash. Jamoa ishbay shaklida 
butun brigada ish haqi miqdori haqiqatda bajarilgan ishni hisobga 
olgan holda va uning narxidan kelib chiqib aniqlanadi hamda har 
bir ishchiga to‘lov esa, butun brigada tomonidan yaratilgan mah­
sulot hajmi va umumiy ish hajmida mehnatining miqdori hamda 
sifatiga bog‘liq b o ia d i1.
Egri ishbay shakli, odatda, yordamchi ishlarni bajaruvchi ish- 
chilaming ish haqi miqdorini hisoblashda qo‘llaniladi: ish natijalari 
asosiy ishlab chiqarish mehnati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi
1 F in a n cia l and m an agerial a cco u n tin g . 12e. Carl S.W arren, Jam es M .R e e v e , 
Jonathan E .D u c h a c . 2 0 1 4 . 9 2 p.


texnologik uskunani sozlovchi, ta’mirlovchi, yordamchi master va 
boshqalar.
Vaqtbay ish haqida ishchining ish haqi uning haqiqatda ish- 
lagan vaqti hamda lavozim okladi (tarif stavkasi)dan kelib chiqib 
belgilanadi. Belgilangan oyda ishchi barcha ish kunlarida to ‘liq 
ishlasa, ish haqi to ‘liq to ‘lanadi. Shuningdek, mehnat haqi oyda 
to‘liq ishlagan kunlari uchun mehnatga haq to‘lashning «Yagona 
tarif setkasi»ning 1-razryadidan kam bo‘lmasligi kerak. 0 ‘z nav- 
batida, mehnatga haq to ‘lashning vaqtbay shakli oddiy-vaqtbay va 
vaqtbay-mukofot tizimlariga bo‘linadi.
Oddiy vaqtbay shaklida mehnat haqi hisobini yuritishda tarif 
stavkasi yoki shtat jadvaliga asosan mansab maoshlari asos qilib 
olinadi. Oddiy vaqtbay usuli ishchining bevosita ishlagan vaqt 
miqdoriga b o g iiq 1. Soatbay va kunbay mehnat haqi shakillarini 
vaqtbay tizimning turli xil ko‘rinishi sifatida farqlashadi. Ish haqi 
miqdori soatbay (kunbay) mehnat haqi stavkasini haqiqatda ishla­
gan soatlarga (kunlarga) ko‘paytirish y o ii bilan aniqlanadi.
Mehnatga haq to iash n in g vaqtbay-mukofot shaklida tarif 
stavkaga asosan beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ish­
lab chiqilgan mukofotlash to‘g ‘risidagi nizomga, jamoat shartno- 
masiga yoki korxona rahbari buyrug‘iga asosan miqdor va sifat | 
ko‘rsatkichlarini bajarganligi uchun, qo‘shimcha ravishda muko- 
fot berish ko‘zda tutiladi.

Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling