3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


Download 433.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/35
Sana16.06.2023
Hajmi433.02 Kb.
#1495874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
3 Moliyaviy hisob va hisobot

Asosiy ish haqi, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishi- 
ning miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ish- 
lagani uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, muko- 
fotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblan­
gan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
turib qolishlarga hisoblangan ish haqi.
Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutil­
gan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.
Bunga ishchining mehnat ta ’tili uchun hisoblangan ish haqi
yosh bolali onalami bolalarini boqishga berilgan vaqt uchun hiso-
F in an cial and m anagerial a cco u n tin g . 1 2 e. Carl S.W arren, Jam es M .R e e v e , 
Jonathan E .D u ch a c. 2 0 1 4 . 8 9 p.
--------------------------------------------


blangan ish haqi, voyaga yetmaganlar uchun, imtiyozli ish vaqti 
uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan 
hisoblangan nafaqa va boshqalar.
3.4. M ehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kon- 
trakti) va u imzolanganidan keyin, korxona rahbarining ishchini 
ishga qabul qilish to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan 
rasmiylashtiriladi.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqla- 
nadi, u barcha xodimlaming ro‘yxati b o iib , ular maoshining miq- 
dori ko‘rsatiladi.
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) 
to‘ldiriladi, ralibar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari
shaxsiy^varaqa yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilinish 
paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini 
hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi.
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga 
shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to ‘g ‘risidagi 
ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tash­
kil etish uchun, eng aw alo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g ‘ri yurit­
ish lozim.
Xodim larni ishga qabul qilish, ishdan bo ‘shatish, boshqa 
ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari 
vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot 
bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o ‘z vaqtida hisob-kitob 
qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shax- 
siy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish 
vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun asosan quyidagi hujjat- 
lardan foydalaniladi:
T-l shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq.
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.


T-3 shakli. Shtat jadvali.
T-5 shakli. Boshqa ishga o ‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
T-13 shakli. Tabel.
T-49 shakli. Hisob-kitob-to'lov vedomosti.
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti.
T-53 shakli. To‘lov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabel- 
dan foydalaniladi. Tabel - bo ‘lim, brigada, sex xodimlarining 
nomma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun 
foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish 
haqi bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib 
boradi.
Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan 
xodimning ism-sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish 
vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. 
Masalan, mehnat ta ’tilidagilar «Т», kasallik varaqasi bo‘yicha 
ishga chiqmayotganlar «К» harfi va hokazolar bilan belgilanadi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil 
usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda, barcha ishga chiqqan, 
kechikkan va ishga chiqm agan xodim lar to ‘liq ro ‘yxat qilib 
boriladi. Ikkinchi usulda esa, tabelda faqat kechikkanlar, ishga 
chikmaganlar, y a’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar 
ro‘yxati qayd etilib boriladi.
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining 
birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. 
Tabel sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish 
haqi hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash 
uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi bir- 
lamchi hujjatlardan foydalaniladi:
- ishbay ishlash uchun naryadlar;
- raportlar;


- yo‘nalish varaqalari;
- qaydnomalar;
- bichish kartalari va hokazo.
Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng 
keng tarqalgan turi naryaddir. K o‘pchilik korxonalarda naryad 
ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab 
chiqarish topshirig‘iga alohida yoziladi. Topshiriqlar sexning reja- 
dispetcher byurosi tomonidan, sexning ishlab chiqarish rejasiga 
muvofiq texnologik karta asosida to ‘ldiriladi. Ishchi tom oni­
dan topshiriq bajarilgandan keyin, ishlab chiqarilgan mahsulot 
soni yoki bajarilgan ish hajmi, bajarish uchun sarflanishi lozim 
b o igan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni 
topshiriqda ko ‘rsatiladi. Bu, o ‘z navbatida, ish haqini topshiriq 
asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilan­
gan m e’yoriga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish imkonini 
ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi yo‘nalish varaqalari 
tizimida yuritiladi. Odatda, yo‘nalish varaqalari sexning reja-dis- 
petcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim 
bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirish sifatida 
qayd etiladi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining 
birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qili- 
nadi. Shu bilan birgalikda, yo‘nalish varaqalari yordamida tex­
nologik jarayonning borishi nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo‘nalish varaqasi faqat bir 
smenada ishlab tamomlangan detallar b o ‘yichagina asos bo‘la 
oladi. Agar shu smenada ayrim detallaming ishlovi tugallanmasa, 
unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport 
ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallami sexga 
jo'natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detal­
lami j o ‘natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u 
texnika nazorati bo‘limiga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan 
detallar soni raportda qayd etiladi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladi- 
gan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriya-


ning ish haqini hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada 
boshlangich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisob­
lash markaziga beriladi. Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning 
tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar bo‘yicha guruhlanadi va 
ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu 
boshlang‘ich hujjatlar asosida hisoblash vedom osti, ish haqi 
bo‘yicha m e’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa hujjat­
lar tuziladi.
Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash qayd- 
nomasida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab 
qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomo­
sti har bir sex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Ish haqini hisoblash qaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar 
bilan hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu huj- 
jatda har bir tabel raqami, xodimlarning toifasi hamda to ‘lov va 
ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov 
vedomostini to ‘ Idirish uchun hamda xodimga ish haqi berish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling