3. Elektrovozlarning texnik xizmat ko’rsatishi haqidagi ma’lumot


Download 266.79 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi266.79 Kb.
#1597063
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 глава

3.3.5.1. Katushka signallari, KLUB-U tizimi induksion katushkalar kо‘zdan kechiriladi.
3.3.5.2. Indikator tormozi. Tashqi kо‘rinishi tekshiriladi, barcha qismlari tozalanadi. Indikator tormozi, tormozsiz va havosiz holatda sinovdan о‘tkaziladi.
3.3.5.3. Tashqi rozetka manbai, seksiya oraliq uyalari (gnezd), poyezd elektr manbai kabellari texnik yaroqligi tekshiriladi.
3.3.5.4. Elektrovozda joylashgan 3000V li poyezdni isitish tizimi tekshiriladi va soz holatda foydalanishga beriladi.
3.3.6. Aravcha qurilmalari.
Bosh transformator. Asosiy transformator moyi relesi, temperatura sezgichlari, termosstat relesi, bosim klapani, himoya qurilmalari tekshiriladi, ular shikastlanmagan bо‘lishi kerak..
3.3.7. Elektrovozni foydalanishga topshirish.
3.3.7.1. Ovoz signallari va о‘chirish moslamalari, saqlagich klapanlarining ishlashi tekshiriladi. Bort kompyuteri yordamida elektrovozning barcha parametrlari tekshiriladi. Sovutish havosining bosimi, mashinist kranlari yordamida pnevmatik va elektro-pnevmatik tormozlarning harakati, havo bosimining tormoz magistralida tо‘lishi, tormoz silindrlari ishlashi, ikkala kabina tomondan qum sepish forsunkalarining qum yetkazib berishi, grebn moylash tizimi ishlashi tekshiriladi.
3.3.7.2. TU-152 jurnaliga mashinist tomonidan yozib qо‘yilgan kamchiliklarning bajarilganligi yoziladi va ijrochining tabel raqami kо‘rsatiladi. Lokomotivlarni qabul qiluvchi (UTTK) xodimlariga tekshirtirilgandan sо‘ng, bajarilgan ishlarning sifati bо‘yicha usta LTXKPning nomi, kun, sana, vaqt va lokomotivga texnik xizmat (TXK-2) kо‘rsatgan smena ustasining imzosi kо‘rsatilgan holda maxsus shtamp qо‘yiladi.
3.3.8. Sifatni nazorat qilish usullari
3.3.8.1. Texnik kо‘rikdan о‘tkazish va elektrovozning ishlash muddatini ta’minlaydigan ishlarning sifati uchun javobgarlik, ta’mirlash davrida tamirlagan chilangarlar, ularni ishini nazorat qiluvchi sex boshliqlari va texnolog muxandislar, xamda lokomotivlarni qabul qiluvchi (UTTK) xodimlari zimmasiga yuklanadi.

Download 266.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling