3 I bob. Mehmonxonalarda marketing faoliyati ahamiyatining nazariy jihatlari
Download 1.33 Mb.
|
Bitiruv malakaviy ishi Nosir oxirgisi
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki 2020 yil mehmonxonaga kelganlar mehmonlar soni 2290 nafarni tashkil etgan, 2014 yilda esa bu ko‘rsatkich 2640 nafarni tashkil etgan, ya’ni 350 nafar kam ko‘rsatkichni ko‘rsatgan. «Crystal Palace» mehmonxonasining 2021 yilda jami ko‘rsatgan xizmatlar hajmi va uning choraklar bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagi diagrammada keltirilgan.
3.3.1-rasm. 2021 yilda ko‘rsatgan xizmatlar hajmi (ming so‘mda). Bu diagrammada 2021 yil yakuni bo‘yicha jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 145 867,0 ming so‘mni tashkil etgan, shundan: 1-chorak bo‘yicha jami xizmatlar hajmi – 45 665 ming so‘m; 2-chorak bo‘yicha jami xizmatlar hajmi – 31 762 ming so‘m; 3-chorak bo‘yicha jami xizmatlar hajmi – 47240 ming so‘m; 4-chorak bo‘yicha jami xizmatlar hajmi – 21 200 ming so‘mni tashkil etmoqda. «Crystal Palace» mehmonxonasining 2021 yilda jami ko‘rsatgan xizmatlar hajmini to‘la harakterlash uchun yilni choraklari bo‘yicha o‘zgarish sur’atlarini har bir chorakning ko‘rsatkichlarini oldingi davr bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlaymiz. Hisoblashlarni quyidagi jadvalda olib boramiz. 3.3.2-jadval. 2021 yilda ko‘rsatgan xizmatlar hajmining o‘zgarish dinamikasi
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ishlar xajmining o‘zgarish dinamikasi foizlarda hisoblangan. Taqqoslash bazasi 100 % deb olingan, ya’ni 1-chorak taqqoslash bazasi bo‘lib olingan. Mehnat unumdorligi ma’lum vaqt birligi davomida bir xodimga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan aniqlanadi. Xodimlarning mehnat unumdorligi daromad bo‘yicha ham aniqlanishi mumkin. Mehnat unumdorligi darajasini aniqlab, uning dinamikasini tahlil etamiz.
3.3.2-rasm. 2021 yilda 1 xodimning mehnat unumdorligi ( ming so‘mda) Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida koxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini oxirgi natijasi foyda va daromaddan iboratdir. 3.3.3-jadval. “Crystal Palace” mehmonxonasini SWOT tahlili.
Yuqoridagi tahlildan quyidagi xulosalarni ajratish mumkin: "Crystal Pleace" oilaviy korxona uchun jiddiy muammolar: marketing va reklama siyosatining sustligi, mavsumiy muammolar, mahalliy aholining kuchli raqobati, bu ta'til oluvchilarni arzon uylar va xonalar bilan ta'minlaydi, shuningdek past malakalar. tegishli malakaga, ma'lumotga va malakaga ega bo'lmagan mas'ul shaxslar. Xulosa va takliflar Biz bilamizki turizm sohasida joylashtirish xizmatlarining alohida o’rni mavjud. Joylashtirish vositalar faoliyatini samaradorligini oshirish uchun marketing strategiyasini to’g’ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm marketingi vazifalariga bozorni, talabni, iste’molchilar didi va xohishini puxta va har tomonlama o‘rganish asosida bozorga chiqish, shu talablarga javob beruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, xizmatlar turlalarini doimo kengaytirish, yangi bozorlar (bozor segmentlar) ni faol qidirish, mavjud bo‘lgan bozorlarni kengaytirish. Barcha mavjud bo‘lgan vositalar yordamida hayotga marketing xizmatlar rejasini uzluksiz tadbiq etish asosida iste’molchilar va bozorga ta’sir etish, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarni oldingi siljitishning asoslangan va samarali siyosatini yaratish. Marketing tadqiqotlar ma’lumotlarni doimiy to‘plash qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan marketing yechimlarni qabul qilish jarayonida noaniqlikni kamaytirish va xavf-xatarni minimallashtirishga imkon beradi. Hozirgi paytgacha respublikamiz alohida hududlarining rekreatsion kartalarni yo‘qligi esa, mavjud rekreatsion obektlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishni qiyinlashtiradi. Shu sababli hududda rekreatsion resurslari va turistik ob’ektlarni karta-sxemalarini tuzish va axborot manbalarini yaratish zarur. Bu esa o‘z navbatida aholi va turistlarni qisqa muddatli dam olishini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalani ilmiy asosda o‘rganish va kartasxemalar tuzish hozirgi davrni asosiy masalasi hisoblanadi. Undan tashqari bevosita joylashtirish vositalari rivojlanishida rekreatsion xizmatlarn taklif etuvchi korxonalar marketingida muhim masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning xorijiy bozordagi bir qator yirik turoperatorlar dasturiga kiritilishidir. Bunda albatta narxlar siyosati ham muhim o‘rin egallaydi. - ko’ngil ochish industriyasini tashkil qilish, dam olish uchun mo‘ljallangan sport-soglomlashtrish markazlarini, tabiiy turistik oromgohlarni, sport klublarini, golf o’ynash uchun mo‘ljallangan maydonlarni va x.k. larni tashkil qilish; - reklama faoliyatini kengaytirish va reklama mahsulotlarining sifatini oshirish, tegishli bosmaxona bazasini barpo qilish, audio-, video-, nashriy- mahsulotlarni yaratish; -maxsus belgiga ega bo‘lgan esdalik mahsulotlari, sport jixozlari, turistik anjomlarni ishlab chiqarish bo‘yicha xususiy va qo‘shma korxonalarni tashkil qilish; -turizm sohasidagi korxona va tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, turizm iktisodiyotiga bevosita sarmoyalarni olib kelish uchun imtiyozlar, kafolatlar tizimini va tegishli soliq tartibini joriy qilish; -mavjud moddiy-texnik bazani xalqaro andozalar darajasiga olib chiqish uchun ta’mirlash ishlarini olib borish; Mijozlar siz ularning ehtiyojiga moslasha olishingizni bilsin. Hozirgi imkoniyatlar bilan (internet tarmoqlarida mehmonxonangiz haqida qoldirilayotgan fikrlarni o’qish, xonalarda so’rovnoma qoldirish kabi mijozlarga so’rovnoma yuborish fikrini bilish, ijtimoiy tarmoqlarda so’rovnoma o’tkazish, qanday postlarga yaxshi reaksiya bo’layotganini kuzatib boorish, “shikoyat va takliflar” kitobini ko’zdan kechirish) mijozlarni sizdan nima xoxlayotganini, qanday xizmatlaringizdan mamnun bo’lyotganini, qaysi xizmatlar ustida ishlash kerakligini bilib boorish qiyin emas. Buning uchun mijozlarga ularning sohasini boshqa sohalarga o’xshamasligini, bu sohaning nozik taraflarini tushunishingizni va kerak bo’lsa standart xizmatlardan tashqariga chiqa olishingizni yetkazib berishingiz talab etiladi. Har bir taklifingizdan “biz sizni tushunamiz va tadbiringizni siz hohlaganday o’tkazib beramiz, mehmoningizni siz xohlagandek kutib olamiz” degan chaqiriq bo’lishiga e’tibor qaratish kerak. Mijozlarning ham mehmonxona tanlash kanallari yildan yilga ko’payib bormoqda, o’sha kanallarda taklif berayotgan mehmonxnalarning o’zi ham ko’payib bormoqda. Ko’pchilik tasavvuridagi standart turist uchun takliflar beradi. Siz boshqalarga qaraganda ajralib turishingiz uchun mehmonxonalar kategoriyalarga ajratib oladi, har bir kategoriyaga alohida marketing qilishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, biznes maqsadida keladigan turistlar uchun alohida reklamalar, sayohatchi turistlar uchun alohida taklifar, yoshlar uchun alohida, kattalar uchun alohida, oilaviy sayohatchilar uchun alohida takliflar ishlab chiqish kerak. Elektron pochta orqali marketingni amalga oshirish mijozlarni maqsadli tanlash, taklifini to’liq va chiroyli tarzda yetkazib berish imkoniyatini beradi. Agar electron pochta orqali marketing to’g’ri yo’lga qo’yilsa, mijozlaringiz keying xatlaringizni ham kuzatib boradigan, takliflaringizni ko’zdan qochirmaydigan bo’ladi. Hozirgi kunda “kimlar bizning mehmonxonani tanlayapti? Nima uchun bizning mehmonxonani tanlashyapti? Mehmonlar qayerlardan kelishyapti?” degan savollarni doim o’zingizga bering. Bu savollarga javob berishda sizga mehmonxona boshqaruvi uchun foydalaniladigan 1C hoel, MS Fidelio, Opera kabi maxsus dasturlar asqotadi. Kerakli hisobotlarni muntazam kuzatib borib, yuqoridagi savollarga to’g’ri javob topib, to’g’ri xulosa chiqargan menejerlarning mehmonxona boshqaruvida yuqori natujalarga erishish imkoniyati anchagina ortadi. Ushbu dasturlar har bir mehmonning individual talablarini ham kiritib boorish imkoniyatiga ega bo’lgani uchun, mijozlar xohishiga mos marketing strategiylari belgilashni osonlashtiradi va mehnatingiz samarasi ortishiga sababchi bo’ladi. Ijtimoiy tadqiqotlar 80 foiz mijoz, agar yaxshiroq taklif tushsa, oldin ishlab turgan partnyorlarini o‘zgartirishga tayyorligini ko‘rsatmoqda. 87 foiz mijoz esa xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning mijozga e’tiborini yanada kuchaytirishi kerak deb hisoblaydi. Yetakchi ish boshqaruvchilarning 94 foizi mijoz sadoqatini qozonishning eng muhim omili har bir mijozga individual yondashuv deb hisoblaydi. Demak, yuqorida keltirib o‘tilgan foizlar darajasidagi mijozlarni ularga individual xizmat ko‘rsata olishingizga ishontirib, o‘z mijozingizga aylantirish imkoniyati mavjud. Internet sahifalarida uchraydigan bannerli, rasmli reklamalar foydalanuvchilarning reklamaga nisbatan immuniteti ortib borayotgani tufayli foydalilik darajasini yo‘qotib bormoqda. Ma’lum bir qiziqishga ega foydalanuvchilar yig‘ilgan reklama maydonida beriladigan reklama postlari, PR-maqolalar esa borgan sari muhimroq ahamiyat kasb etib bormoqda. Bir yangilik saytining qaysidir bir qismida banner shaklida turgan, ustiga bosganda saytingizga o‘tib ketishga mo‘ljallangan reklamadan o‘sha yangilik saytida siz haqingizda berilgan PR-maqola yaxshiroq natija beradi. Mening xulosam bozorga kirish uchun auditoriyani bir joyga yig’ib ularga taqdimot qilish. Chunki boshqa usul bilan kirishda savollar ko’payadi va ular javobsiz qolgandan so’ng odamlar o’zidan salbiy fikrlar to’qib o’zi ham uzoqlashadi, salbiy fikirni ham tarqatiladi. Birinchidan, mehmonxonalar xizmatlar bozorida marketing tadqiqotlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash shunchaki amalga oshirilmasligi lozim. Uni amalga oshirishda jiddiy tadbirlar tizimini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Ikkinchidan, mehmonxonalar rivojlanishida marketing tadqiqotlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashda ishtirok etadigan so‘rovchilar va so‘roluvchilar tomonidan ham xatoliklarga yo‘l qo‘yilishini inobatga olib, ularni tizimli ravishda o‘rganish va ushbu xatoliklarni bartaraf qilib borishlari lozim. Bularning hammasi, turizm bozorida marketing tadqiqotlari uchun tegishli chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish bilan birga, ularni izchillik bilan amalga oshirib borilishi ham qattiq nazoratga olingan bo‘lishi lozim. Ko‘rinib turibdiki, turizm bozorida marketing tadqiqotlari ham muhim ahamiyatga ega ekan. Buning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, birinchidan, turizm bozori doimiy ravishda o‘rganishni taqozo qiladi va ikkinchidan, uning natijasida hamisha ta’sirchan boshqaruv qarorlarini qabul qilib turiladi. Bu esa turistik tashkilotlarning raqobatbardosh-ligini mustahkamlash va turizm bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash imkonini beradi. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T; O’zbekiston, 1992-yil 8-dekabr O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi qonuni. Xalq so’zi, 2019-yil 18-iyul O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida (28.01.2022 yildagi PF-60-son) https://lex.uz/uz/docs/-5841063 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.02.2021 yildagi PF-6165-son “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Farmoni, -https://lex.uz/ru/docs/5283956 O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining «2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori. 2017-yil 22-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaati. 2016-yil 2-dekabrdagi”O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni. O’zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., boshq. “Turizm asoslari” O’quv qo’llanma SamISI, 2010-y. 316b Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B., Norchayev A.N. Xalqaro turizm. Darslik. – T., 2009. Qudratov G.H, Tuxliyev I.S “Turizm iqtisodiyoti”fanidan qo’llanma Samarqand 2007 Kamilova F K, Kamilov Z. K “Xalqaro turizm bozori” Toshkent-2011. “O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” tahliliy jurnal 2016-yil №3son. Doswell R., Tourism – How Effective Management Makes the Difference, Jordon Hill, Oxford, 1997. Leonard J. Lickorish and Carson L. Jenkins, “The Role of Government”, An Introduction to Tourism (Butterworth-Heinemann: Oxford , 1997), 187 National Tourism Policy Review Republic of Korea, Organization for Economic Co-operation and Development, July 2002 Ministry of Culture and Tourism, organization chart of MCT, (accessed December 10, 2007 OECD TOURISM TRENDS AND POLICIES 2016 © OECD 2016. Tourism Policy in Turkey’s Development Plans1 Yaşar Akça 2015. OECD, adapted from the Ministry of Culture and Tourism, 2016. “Effective governance and policy instrument” Gunnur Diker,Budva,Montenegrio.23-24June.2015. Developing Alternative modes of tourism in Turkey” Berna Tezcan 2015 “ International Journal of business and Social Science”Vol.8,No.1;January 2017 Division of International Sport and Leisure”Joe Trolan 2017. http://www.mct.go.kr/english/aboutus/organizationchart.jsp http://www.uzbektourism.uz/ http://www.wto-marketing.ru http://www.stat.uz https/www.e-unwto.org www.worldwidetour.com http://www.mct.go.kr/english/aboutus/organizationchart.jsp, (accessed December 10, 2007 http:/en.m.wikipedia.org https://tradingeconomics.com Stats.oecd.org 1 M.R.BOLT ABAYEV, I.S.TUXLTYEV, B.SH.SAFAROV, S.A.ABDUXAMIDOV Turizm: nazariva va amaliyot. —Т.: «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2018,400 bet 2 Mamatqulov X.M. Mehmonxona va turizm majmuasi xizmatlarni tashkil etish. O’quv qo’llanma. SamISI 2012. 3 A.Yu.Aleksandrova. Международный туризм. M., 2004. Mamatqulov X.M., Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B. «Xalqaro turizm». Darslik. Toshkent – SamISI. 2008. 4 http: kun.uz 2014.01.29. uzbektourism 5 Balaeva A. Jahon iqtisodiyotidagi xizmat ko'rsatish sohasi: rivojlanish tendentsiyalari // Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar. - 2016. - № 3. - S. 23-29. 6 Marketing asoslari. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. - O‘zbekiston 7 Qosimova M.S, Yusupov M.A, Ergashxodjayeva SH.D, Yo’ldoshev M. Marketing. Darslik.-T. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005. 176 b. 8 Qosimova M.S, Yusupov M.A, Ergashxodjayeva SH.D, Yo’ldoshev M. Marketing. Darslik.-T. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005. 176 b. 9 Kabushkin N.I. Restoran va mehmonxonalarni boshqarish: darslik / nashr. N.I. Kabushkina. - M .: KnoRuss, 2013 .-- 416 p. 10 Jie K.K. Samarali savdo usullari. -M.: Iqtisodiyot, 1988. b. 144 11 . Malik N.I. Mehmonxona korxonalari iqtisodiyoti: o'quv qo'llanma / N.G. Mojaeva, N.I. Kichik. - M.: Forum, 2013 .-- 320 b. 12 Filipp Kotler, Jon Bouen, Jeyms Makkenz. Marketing. Mehmondo'stlik. Turizm: Talabalar uchun darslik, ingliz tilidan tarjima - 4-nashr, qayta ishlangan. va qo'shimcha –M.: UNIT-DANA, 2012.- 1071s 13 David Bowie, Francis Buttle, Maureen Brookes, Anastasia Mariussen . Hospitality Marketing https://books.google.co.uz 14 https://turgostinica.ru/obschie-predstavleniya-o-marketinge-gostinichnich-uslug/1-obzor-marketingovoy-deyatelnosti.html 15 www.ru.wikipedia.org/wiki 16 Ergashxodjayeva Sh.Dj., Abduxalilova L.T. Marketing tadqiqotlari. Darslik.. - T.:Iqtisodiot, 2019 y. 378 bet. 17 Ergashxodjayeva Sh.Dj., Abduxalilova L.T. Marketing tadqiqotlari. Darslik.. - T.:Iqtisodiot, 2019 y. 378 bet. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling