3 I bob. Mehmonxonalarda marketing faoliyati ahamiyatining nazariy jihatlari


“Crystal Palace ” mehmonxonasining marketing tahlili


Download 1.33 Mb.
bet16/17
Sana20.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1040062
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi Nosir oxirgisi

3.3 “Crystal Palace ” mehmonxonasining marketing tahlili.
Biz bu bitiruv malakaviy ishida yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing tadqiqot usullaridan foydalangan holda Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan “Crystal Palace” mehmonxonasi misolida marketing tahlili o’tkazishga harakat qildik. Bizning o’tkazgan marketing tadqiqotimizda axborot manbalari haqida to’xtalib o’tsak, avvalombor biz mehmonlar fikr-mulohazalarini so’rovnoma qilish orqali, ijtimoiy tarmoqlardagi jamoatchilik fikri va mehmonxona yillik hisobotlardan foydalanildi. Tadqiqot natijasida mehmonxona joylashuvdagi qulay o’rni; ya’ni ijtimoiy obyektlarga yaqinligi, markaziy dehqon bozor yaqinida joylashganligi va transport qatnovi uchun qulayligi alohida ahamiyatga ega ekanligiga amin bo’ldik. Urganch shahridagi mehmonxonalarga qaraganda yangi binoga egaligi, yangi jihozlar bilan ta’minlanganligini ham alohida ta’kidlab o’tish lozim. Xizmatlar narx darajasi unchalik yuqori emasligi natijasida, mehmonxona asosan ichki turistlar va ziyoratchilarni tashkil etadi. Mehmonxonani rivojlantirishda yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati va yo‘nalishlari kun sayin ortib bormoqda.

Marketing tadqiqoti natijalariga binoan “Crystal Palace” mehmonxonasida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati:

  • Qabul qilish xizmati (sutka mobaynida qabul);

  • Yuklarni belgilangan joyga eltib berish xizmati;

  • Ertalab uyqudan uyg‘otish(mijoz xohishiga ko‘ra);

  • Xonalarni tozalash (har kuni);

  • Kirlarni yuvish va dazmollash;

  • Pochta va telegraf xizmatlari;

  • Telefon, faks va internet xizmatlari (Wi-Fi);

  • Mehmonlarga korrespondensiya taqdim etish;

  • Taksi chaqirtirish;

  • Barcha turdagi transportlarga biletlarni bron qilish;

  • Mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash;

  • Turistik xizmatlarni taqdim etish;

  • Tibbiy xizmatlar;

  • Mehmonlarga personal xizmat.

“Crystal Palace” mehmonxonasida o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari natijasiga ko‘ra olingan ko‘rsatkichlar taxlilini amalga oshirdik. Bunda “Crystal Palace” mehmonxonasining 2020 va 2021 yil yakuniy ko‘rsatkichlaridan foydalandik.

3.3.1-jadval. “Crystal Palace” mehmonxonasi 2020-2021-yillar yakuniy ko’rsatkichlari




Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling