MUNDARIJA
Kirish................................................................ 3
I Bob. Mehmonxonalarda marketing faoliyati ahamiyatining nazariy jihatlari.
1.1.Mehmonxona xizmatlarining mazmun mohiyati................................. 5
1.2 Turizm sohasida marketing faoliyati va uning turlari…...................... 10
1.3.Mehmonxonalarda marketing faoliyatini tashkil etishning ahamiyati................... 17
II Bob. Mehmonxonalarni rivojlantirishda marketing xizmatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
2.1.Mehmonxonalarni rivojlantirishda marketing tadbirlarini amalga oshirish…………………..............................................…................. 25
2.2.Mehmonxonalarni rivojlantirishda marketingni takomillashtirishning yo‘nalishlari…………..................................... 30
III Bob. Mehmonxonalarni rivojlantirishda marketing tadqiqotining qo’llanilishi.
3.1.Mehmonxonalarda xizmatlarni yaratishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish imkoniyatlari ……………......………............ 39
3.2.Marketing tadqiqotining SWOT va PEST tahlil usullari……………. 50
3.3.“Crystal Palace” mehmonxonasining marketing tahlili……….... 56
Xulosa va Takliflar…………….. 62
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………… 67
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘plab sohalari chet el investorlari va hamkor sheriklari bilan xorijda ishlarni muvaffaqiyatli olib bormoqdaki, buning evaziga O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turli mamlakat turistlari va namoyondalari soni o‘sib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. Shu tufayli mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish zarurati ham ortib bormoqda. Tashrif buyurayotgan turistlarni joylashtirish mas’uliyati asosan kichik va xususiy mehmonxonalar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu tufayli kichik mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, assortimentini oshirish zarurati ham ortib bormoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida Prezidentimiz ta’kidlagandek «aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega». Bunda turizm sohasini rivojlantirish va ko‘rsatiladigan xizmatlar jahon standartlari talablariga javob beradigan darajada bo‘lishi lozim. Shuning uchun mavjud turistik korxonalar xizmatlarida marketing takomillashtirish imkoniyatlarini to‘liq ishga solish ularni alohida tadqiq qilishni ilmiy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Shulardan kelib chiqib mehmonxonalarni rivojlantirishda marketing tadqiqot usullarini qo‘llash bitiruv malakaviy ishning mavzusini dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |