3 I bob. Mehmonxonalarda marketing faoliyati ahamiyatining nazariy jihatlari
Download 1.33 Mb.
|
Bitiruv malakaviy ishi Nosir oxirgisi
Marketing faoliyati uchun quyidagi tamoyillar xosdir: Bozorni, iqtisodiy holatni va korxonaning ishlab chiqarish-sotish imkoniyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganish; Bozorni segmentlash; Ishlab chiqarish va sotishning xaridor talablariga aniq javob berish; Yangilik kiritish; Rejalashtirish. Marketing funksiyalari qo‘yidagilardan iborat: bozorni kompleks o’rganish, korxonaning ishlab chiqarish, ayirboshlash imkoniyatlarini tahlil etish, marketing strategiyasi va dasturini ishlab chiqish, tovar siyosati, narx siyosati va ayirboshlash siyosatini ishlab chiqarish, talabning shakllantirish va sotishni ragbatlantirish, marketing xizmatlar tuzilmasini shakllanishi, marketing faoliyatini nazorat qilish.8 Konversion marketing - salbiy talabni bosib o’tishga yordam beradi, ya’ni yo’q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to’g’risidagi yolg’on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo’ldi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi. Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uyg’otadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o’z qiymatini yo’qotgan bo‘lsa, tovarlar notugri joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo’lmasligi mumkin. Bunday sharoitda ragbatlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o’rtasida kodli o‘zaro aloqa o’rnatishdan , imkoniyatlarni yaratishdan va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir. Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir. Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. Talab o’zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif meyorini tekislashdan iborat. Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda bilishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini to’ldirish, yangilash va baholarni pasaytirish orqali mavjud bo‘lgan talab va extiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beredi. Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko’tarish, servisni qisqartirish yuli bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling