3 I bob. Pedagogika kasbiy standarti talablari
Download 94.74 Kb.
|
1Pedagogning kasbiy standartini bola rivojlanishiga qo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obekti
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining maqsadi: Pedagoglar faolliyatini tartibga solish, kasbiy mahoratini oshirish.
Kurs ishining vazifasi: Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hay vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. Kurs ishining obekti: Prafissional pedagog, o’qtuvchilar jamosi va ularni shakillantirish. Bolalarga sifatli ta’lim berish jarayonini yo’lga qo’yish. Kurs ishining predmeti: Pedagoglarning dars jarayonlarini tashkil qilishi. Darslarni qanday uslublarda tashkil qilishi va bolalar bilan ishlash qobiliyatini oshirish ko’zda tutiladi. Kurs ishining tarkibi: Kirish, ikkita bo’lim, ikkita bob, xulosa, foyadalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat. I BOB. PEDAGOGIKA KASBIY STANDARTI TALABLARI Pedagogning kasbiy standartini bola rivojlanishiga qo`yiladigan talablar bilan aloqadorligi Bolaning maktabgacha ta’limni olganligi va rivojlanganligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: • jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllanishi; • ijtimoiy-hissiy rivojlanish; • nutq, muloqat, o`qish va yozish malakalari; • bilish jarayonini rivojlanishi; • ijodiy rivojlanish. 1.1.1 – rasm. Pedagogga qo’yiladigan talablar. Pedagog bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda ma’naviy me’yor va qadriyatlarni shakllantirish, boshqa odamlar bilan muloqot qilish, hayotiy muhim vazifalarni hal qilishi zarur bo`lgan faoliyat usullarini shakl-lantirishni ta’minlash imkonini beruvchi muayyan kompetensiyalarga ega bo`lishi zarur.1 Kompetensiyalar quyidagilarni nazarda tutadi: • bolaga umumiy yondashuv, uning huquqlari va noyobligini, shuningdek, uning shakllanishida ilk davrning ahamiyatini inobatga olgan holda rivojlantirish va tarbiyalash; • ta’lim-tarbiyani rejalashtirish bo`yicha ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar qo`yishi, rejalashtirish va sohalar integrasiyasini ta’minlash; • ta’lim-tarbiya tashkil qilishda turli xil strategiyalardan foyda-lanish, bolalarning yosh guruhi va individual ehtiyojlariga muvo-fiqlashtirish uchun ta’lim muhiti yaratish; • bolalarni kuzatishni amalga oshirish, bolalar rivojlanishining barcha sohalaridagi real o`zgarishini qayd qilish maqsadida turli xil baholash strategiyasi qo`llash; • pedagogik tajriba, o`z-o`zini takomillashtirish va o`z-o`zini baholash, rivojlantirish, malaka oshirish kurslarida ishtirok etish;2 • oila bilan muloqot qilish ,ularni maktabgacha ta’lim tashkiloti tad-birlariga jalb qilish, birgalikda qarorlar qabul qilish. Download 94.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling