9-BOB. GLOBALLASHUV DAVRIDA RAQOBATLI STRATEGIYALAR
XXI asrda tarmoqda sardor bo’lishni istaydigan har qanday kompaniyalar global bozorda yetakchi bo’lishga intilishi lozim. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi avval xorijiy kompaniyalar uchun yopiq bo’lgan bozorlarning asta-sekin ochilishi bilan tezlashib bormoqda, INTERNET esa uzoq masofalar bilan bog’liq to’siqlarni bartaraf etmoqda. Bunday sharoitlarga mos ravishda yetakchi kompaniyalar turli mamlakatlarning qulay bozorlarini egallashga harakat qilmoqdalar. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi bozorda qulay va yaxshi foyda beradigan mavqyega yega bo’lish, egallangan ustunkor bozor vaziyatini agressiv himoya qilish uchun hujumkor strategiyalardan foydalanishni talab qilmoqda.
Ushbu bobda ko’ millatli va yuqori raqobatli global muhitda kompaniyalarto’qnash keladigan muammolar yoritiladi.
Xuddi shunday, “foyda qo’riqxonalari” va foydani reinvestisiya qilish, hamda multimilliy va global raqobatni tahlil etish, ularni farqlash to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari, xorijiy bozorlarni o’ziga xos xususiyatlari, xorijiy bozorlarga chiqish strategiyalari, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni tashkil etish to’g’risida tushunchalar beriladi.
Kompaniyalarning xorijiy bozorlarga chiqishining quyidagi sabablari mavjud:
Yangi mijozlarni jalb qilish. Xorijiy bozorlarni o’zlashtirish daromadlarni va foydani oshiradi, kompaniyani uzoq muddatli o’sishini ta’minlaydi. Ayniqsa, ichki bozor to’yingan bo’lsa, ushbu yo’nalish jozibador hisoblanadi. Jahon bozorida sardor bo’lishga intiluvchi ko’pchilik kompaniyalar (Intel, Soni, Jeneral Motors, Tayota) tezkorlik va hujumkorlik bilan jahon bozorida o’z ulushini kengaytirishga harakat qilmoqdalar.
Bir necha mamlakatlarda raqobatlashadigan kompaniyalar millatlaro, barcha yoki ko’pchilik asosiy mamlakatlar bozorlarida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishga intilayotganlar esa global masshtabda raqobatlashadigan kompaniya deb ataladi.
Xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish. Ko’pchilik kompaniyalar o’z mahsulotini eksport qilish zaruratini his etmoqdalar, chunki ichki bozorda mahsulot sotilishini oshirish kompaniyani keskin rivojlanib, global bozorga chiqishini ta’minlamaydi. Ichki bozorlarning nisbiy hajmini katta emasligi uchun Mishlen va Nestle kabi kompaniyalar o’z mahsulotini butun Yevropa Ittifoqi bo’yicha sotish bilan birga Shimoliy va Janubiy Amerikada ham sotmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |