9-bob. Globallashuv davrida raqobatli strategiyalar


Multimilliy yoki global raqobat


Download 32.3 Kb.
bet5/7
Sana28.01.2023
Hajmi32.3 Kb.
#1137304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25-mavzu

9.2. Multimilliy yoki global raqobat.
Iqtisodiyotning turli sohalaridagi xalqaro raqobat modellari bir-biridan farq qiladi. Multimilliy yokibir-biridan ajralgan, mustaqil milliy bozorlar bir xil ma’noni anglatadi. Har xil bozorlardagi iste’molchilarning kutishlari, xaridorlik xulqi bir xilemas. Bunda bir mamlakatning ichki bozoridagi raqobat boshqa mamlakatning ichki bozoridagi raqobatga bog’liq bo’lmaydi. Ushbu mamlakatlarning ichki bozorida faoliyat ko’rsatuvchi kompaniyalar tarkibi ham har-xil bo’ladi.Masalan: Fransiya, Braziliya va Yaponiya mamlakatlaridagi bank tizimlari bir-biridan farq qiladi. Lekin Fransiyadagi banklararo raqobat muhiti Braziliya va Yaponiyadagi bank raqobati muhitiga ta’sir qilmaydi. Multimilliy raqobat muhitida xalqaroyoki global bozor mavjud bo’lmaydi, ularning ichki bozorlari bir-biridan ajralgan va mustaqil mamlakatlar bozorlari yig’indisi ko’rinishida mavjud bo’ladi. Muayyanmamlakat uchun yaratilgan strategiya ustunligi boshqa mamlakatlarda faoliyat ko’rsatadigan kompaniya uchun ushbu ustunlikni ta’minlamasligi mumkin. Chunki boshqa mamlakatlardagi raqobat vaziyati, xaridorlar xulqi, demografik o’zgarishlar va boshqa shu kabilar tubdan farq qiladi.Multimilliy raqobat insonlar hayotini sug’urtalash, metall eritish, oziq-ovqat mahsulotlarini (kofe, dukkakli mahsulotlar, konservalar, yaxlatilgan mahsulotlar) kiyim-kechak tovarlarini ishlab-chiqarish, tarmoqlariga tegishli hisoblanadi. Bir tomondan multimilliy raqobat yoki bir-biridan ajralgan va mustaqil milliy bozorlarning yig’indisi, ikkinchi tomondan esa global raqobat mavjud. Global raqobatda har xil mamlakatlarning ichki bozorlaridagi narxlar va raqobat vaziyatlari bir-biriga bog’liq, shu sababli xalqaro yoki global bozor atamasi to’liq ma’noga ega bo’ladi. Global tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyaningraqobatbardoshligi ushbu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi raqobatbardoshligi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Ayniqsa tovar sotilish hajmi yuqori bo’lib, ushbu bozorda kompaniyani ishtirok etishi strategik muhim hisoblansa, ushbu mamlakatlarning bozorlarida raqobat keskinlashadi. Kompaniyaning global raqobat ustunligi uning milliy bozorlardagi raqobat ustunliklari bilan uzviy bog’liq. Global raqobatni avtomobil, televizor, telekommunikasiya, soat ishlab-chiqarish, nusxa ko’chirish apparatlari kabi sohalarda kuzatish mumkin.

Download 32.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling