Agar har xil mamlakatlarning milliy bozorlaridagi raqobat vaziyatlari va shartlari chambarchas bog’liq bo’lib, uni yagona xalqaro bozor sifatida qarash mumkin bo’lsagina global raqobat mavjud deyish mumkin. Bunday holda raqobatchilar ko’pchilik mamlakat-larning bozorlarida o’zaro keskin kurash olib boradilar.
Agar bir milliy bozordagi raqobat boshqa milliy bozorlardagi raqobatga bog’liq bo’lmasa, bunday holda, xalqaro bozor mavjud emas, balki muxtor milliy bozorlarning jamlanmasi mavjud.
Multimilliy raqobatda kompaniyalar muayyan mamlakatlarning bozorlarida yetakchi bo’lish uchun kurashadilar. Global tarmoqda esa firmalar dunyo miqyosida yetakchi bo’lishga intiladilar.
Davlat boshqaruvi. Har bir davlat o’zining milliy bozorlarida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarni qonunchilik asosida tartiblashtirishga harakat qiladi. Hukumatlarmahalliy ishlab-chiqarish korxonalarini xom-ashyo ta’minotinitashkil etish maqsadida tovarlarning standartlarini, import va eksport kvotalarini, bojxona va aksiz soliqlarini belgilaydilar. Bundan tashqari investorlar iqtisodiy jozibador hisoblangan davlatlarning texnik standartlarini, mahsulotni sertifikasiyalash va investisiya loyihalarni tasdiqlash tartibini, kapitalni xorijga chiqarish tartibini, mahalliy aksionerlar bilan xorijiy kompaniya o’rtasida mulk taqsimoti ulushi qoidalarini jiddiy o’rganishlari lozim. Ba’zi mamlakatlarda mahalliykompaniyalarni raqobat ustunligini ta’minlash uchun davlat tomonidan past foizlarda ssuda va susindiyalar beriladi. Boshqa davlatlar xorijiy kompaniyalarga susindiya sifatida ichki bozorlarga kirishni imtiyozli shakllarini va texnik jihatdan qo’llab-quvvatlashni taklif qiladilar. Masalan: Xitoy hukumati INTERNET tarmog’idan foydalanishni qattiq qo’llik bilan chegaralaydi. Natijada 1,5 mlrd aholidan taxminan 50 mln INTERNET dan foydalanish imkoniyatiga ega. Rivojlangan mamlakatlarda INTERNET dan 50 % dan ortiq aholi foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |