9-bob. Globallashuv davrida raqobatli strategiyalar


Tashqi bozorlarga chiqish strategiyalari va uning raqobatli vaziyatlari


Download 32.3 Kb.
bet6/7
Sana28.01.2023
Hajmi32.3 Kb.
#1137304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25-mavzu

Tashqi bozorlarga chiqish strategiyalari va uning raqobatli vaziyatlari. Milliy bozorlar doirasidan kelib chiqib, transmilliy yoki global raqobat kurashida ishtirok etishga qaror qilgan kompaniyalar uchun bir-necha strategiyalar mavjud.

  1. Bir mamlakatda ishlab-chiqarish bazasini yaratish va kompaniyaning hamda xorijiy firmalarning tovar sotish kanallaridan foydalanib, boshqa mamlakatlarga uni eksport qilish.

  2. Xorijiy firmalarga kompaniyaning texnologiyalaridan foydalanish huquqini (lisenziya) berish.

  3. Franchayzingdan foydalanish.

  4. Har xil mamlakatlarda o’ziga xos xususiyatlarga ega multimilliy strategiyalardan foydalanish. Ushbu strategiyalarda mahalliy iste’molchilarningn xaridorlik xulqi va kompaniyani moslashuvchanlik qobiliyati inobatga olinishi lozim. Mahalliy kompaniyalarga nisbatan raqobat ustunligiga ega bo’lish uchun har xil mamlakatlarda past xarajatlar asosida faoliyat yuritish, tovarlarni differensiyalash, narx va tovar sifatini muqobil nisbatini ta’minlash lozim. Maqsadli bozorlar ba’zi mamlakatlarda keng boshqalarida esa tor bo’lishi mumkin.

  5. Kompaniya faoliyat ko’rsatadigan barcha bozorlarda raqobatlashuvning yagona modeliga asoslangan global strategiyadan foydalanish. Bunda kompaniya strategiyalarining muayyan standart shakllaridan foydalanish mumkin, masalan: global masshtabda past xarajatlar bo’yicha sardorga aylanish yoki differensiyaning global strategiyasidan foydalanish. Differensiya strategiyasidan foydalanadigan kompaniya o’z tovarlarini raqobatchilarnikidan ijobiy farq qiladigan sifatlar bilan ta’minlaydi. Muqobil yoki past xarajatlarning global strategiyasidan foydalanadigan kompaniya maqsadli bozorlarning bir xil sigmentlarida tovarlarning pastroq narxlari yoki differensiya asosida raqobat ustunligiga erishishga harakat qiladi.

  6. Strategik alyanslar yoki xorijiy kompaniyalar ishtirokida qo’shma korxonalar tuzish xorijiy bozorlarga chiqish yo’nalishida birinchi qadam hisoblanandi. Ushbu qadam kompaniyani uzoq muddatli strategik raqobatbardoshligini ta’minlashda asosiy yo’nalish bo’lishi mumkin.

Eksport qilish strategiyasi. Xorijiy bozorlarga chiqish uchun mahalliy korxonalardan eksport tovarlarini ishlab chiqarish bazasi sifatida foydalanish xalqaro bozorlarga chiqishning a’lo darajadagi dastlabki qadami bo’lishi mumkin. Bunda notanish bozor bilan bog’liq tadbirkorlik tavakkalchiligi va kapitalga bo’lgan extiyoj minimallashadi. Kompaniyaning rivojlanish strategiyasiga mos ravishda xorijiy firmalar bilan kelishgan holda, ularning tovar sotish kanallaridan foydalanish yoki xorijiy mamlakatlarning maqsadli bozorlarida distribyuterlik va savdo vakolatxonalarini yaratishi mumkin.Shunday qilib, kompaniya xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri investisiya kiritish hajmini qisqartiradi. Ish joylari soni bilan bog’liq ishlab-chiqarish va eksport ustunligi kompaniya joylashgan mamlakat ixtiyorida qoladi. Xitoy,Koreya va Italiya kompaniyalari ushbu strategiyalardan ko’proq foydalanadilar ya’ni, mahsulotlar kompaniya joylashgan mamlakatda loyihalanadi va ishlab chiqariladi hamda ichki tovar sotish kanallari orqali tarqatiladi. Xorijiy faoliyat esa asosan distribyuterlik va dilerlik tarmoqlari faoliyatini samarali tashkil etish bilan chegaralanadi.
Eksport strategiyasi uzoq vaqt mobaynida past xarajatlar asosida o’z mamlakatida tovar ishlab-chiqarish hisobiga kompaniyani raqobat ustunligini ta’minlashi mumkin. Ba’zi tarmoqlarda esa masshtab ko’lami va o’qish-o’zlashtirish samarasini inobatga olgan holda, ishlab-chiqarishni bir-necha yirik zavodlarda tashkil etib, eksport asosida raqobat ustunligini ta’minlash mumkin. Lekin kompaniya joylashgan mamlakatda ishlab-chiqarish xarajatlari xorijdagiga nisbatan yuqori bo’lsa, eksport strategiyasidan foydalanib bo’lmaydi.

Download 32.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling