9-bob. Globallashuv davrida raqobatli strategiyalar
Tayanch malakani yuqoriligi hisobiga erishiladigan ustunlik
Download 32.3 Kb.
|
25-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor ulushini kengaytirish hisobiga tavakkalchilikni pasaytirish
- 9.1. Xalqaro va global raqobatning farqlanishi.
Tayanch malakani yuqoriligi hisobiga erishiladigan ustunlik. Raqobatli imkoniyatlarga va kompetentlikga ega kompaniyalar ichki va tashqi bozorlarda raqobat ustunligiga ega bo’ladilar. Masalan: Samsung kompaniyasining raqobatbardoshligi va imkoniyatlari jahon bozorida mobil telefonlarni ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi o’rinlarda bo’lishini ta’minladi.
Bozor ulushini kengaytirish hisobiga tavakkalchilikni pasaytirish. Xorijiy bozorlarga chiqish kompaniyani ichki bozorlarga bog’lanib qolishdan saqlaydi va tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytiradi. Osiyo malakatlari bozorlaridagi so’nish va shu jarayon bilan bog’liq zararni Lotin Amerikasi yoki Yevropa bozorlarida faollikni oshirish orqali qoplash mumkin. Tabiiy resurslarni (neft, gaz, menerallar, o’rmonchilik va boshqalar) qayta ishlashga ixtisoslashgan kompaniyalar odatda xalqaro bozorga chiqishga intiladilar, chunki iqtisodiy samaradorlik nuqtai-nazaridan jozibador hisoblangan xom-ashyo manbalari boshqa davlatlarda joylashgan. 9.1. Xalqaro va global raqobatning farqlanishi. Kompaniya bir yoki bir necha tashqi bozorlarga kirishga harakat qilayotgan bo’lsa, demak u xalaro raqobat muhitiga kirib bormoqda. Agar kompaniya o’z faoliyatini bir necha qit’alarda yuritayotgan bo’lib, jahon bozorida yetakchi bo’lishga harakat qilayotgan bo’lsa, kompaniya global raqobat muhitida deyishimiz mumkin. Bunda kompaniyalar o’rtasidagi raqobat masshtabiyaqqol ko’rinib turibdi, ulardan ba’zilari bir necha mamlakatlarda boshqalari esao’nlab hattoki yuzlab mamlakatlarda o’z mahsulotlarini sotadilar. Bundan tashqari ular yildan yilga boshqa mamlakatlardagi savdo operasiyalari sonini oshirib boradilar. Ulardan birinchilari millatlararo (yoki multimilliy) masshtabdagikompaniya; ikkinchilari esa global raqobatchi deb ataladi. Quyidagi xalqaro va dunyo masshtabdagiraqobatlistrategiyalar to’g’risidagi ma’lumot beriladi. O’z faoliyatini ichki bozordan tashqi bozorga kengaytirishga harakat qilayotgan kompaniyaning motivlaridan qat’iy nazar u o’zining rivojlanish strategiyasini muayyan aniq mamlakatdagi vaziyatga moslashtirishi lozim. Jumladan: madaniy, demografik va bozor sharoitlari turli mamlakatlarda turlichadir. Ular bir-biridan farq qiladi. Ayniqsa, madaniyat darajasi va hayot kechirish tarzi hamda bozorning demografik parametrlarining farqlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Dunyoning har qanday mamlakatidagi haridoro’ziga xos xusisiyatlarga ega. Tashqi bozorlardagi raqobat kurashi ichki bozorlardagiga nisbatan madaniy, ijtimoiy, demografik va bozor sharoitlari bilan farq qiladi. Shu sababli kompaniyaning tashqi bozorlari uchun yaratiladigan strategiyaga yuqoriroq talablar qo’yiladi. Braziliya, Hindiston va Xitoy davlatlarining 10 % dan kamroq aholisining to’lov qobiliyati taxminan 20 ming dollarni tashkil qiladi. Ushbu va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning o’rta pog’ona xaridorlarining ulushi Shimoliy Amerika, Yaponiya va ko’pchilik Yevropa mamlakatlarining o’rta pog’ona xaridorlarinikiga nisbatan sezilarli darajada pastroq hisoblanadi. Ko’chilik hollarda mamlakat uchun ishlab chiqarilgan tovarlar boshqa mamlakat xaridorlariga mos kelmaydi. Masalan, AQSh da ishlab chiqarilgan elektr jihozlari110 volt kuchlanishga mo’ljallangan, sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari, (shu jumladan O’zbekiston), Yevropa mamlakatlari elektr tarmog’idagi kuchlanish 220 voltni tashkil qiladi. Ushbu farqlarni tovar ishlab chiqaruvchilar inobatga olishi lozim. Bozorlarni rivojlanish potensiali ham turli mamlakatlarda turlichadir. Masalan, Hindiston, Xitoy, Braziliya va Malayziya mamlakatlarida bozorlarni rivojlanish tezligi Angliya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Kanada bozorlariga nisbatan yuqoriroq. Dunyo mamlakatlarining bozori raqobatning keskinligi, millatlarning madaniyat darajasi va boshqa omillar bilan bir-biridan farq qiladi. Tovar va xizmatlarni mahalliy sharoitga madaniy, demografik va bozor talablariga moslashtirish zaruriyati jahon bozorida raqobat kurashini murakkablashtiradigan omillardan biri hisoblanadi. Kompaniya har bir mamlakatning bozor sharoitlariga moslashish va ishlab chiqarishni raqobatbardoshnarxlarini hamda xarajatlarini muqobilligini ta’minlash o’rtasidagi muvozanatni saqlashi lozim. Tashqi bozorlarga chiqish niyatida faoliyat yuritayotgan kompaniya oldida boshqa muammolar bilan bir qatorda quyidagi muhim savol ham turadi: tovar va xizmatlarni mahalliy xaridorlar talablariga moslashtirish yoki barcha bozorlarga standart bir-xil mahsulotni taklif qilish kerakmi? Tovarlarni mahalliy xaridorlarning talablariga moslashtirish, albatta uni ommalashtiradi, lekin tovarni individullashtirish ishlab-chiqarish xarajatlarini oshiradi. Chunki tovarlar nomenklaturasini vaassortimentini ko’payishi ishlab-chiqarishning operasiyalari sonini oshiradi. Pirovard natijada xarajatlar oshadi. Tovarlar ishlab-chiqarishni standartlashtirish esa masshtab samarasidan foydalanib, uni tan narxini pasaytirish va raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratadi. Shu sababli moslashuv bilan standartlashni uyg’unlashtirish xorijiy bozorlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, kompaniyafunksiyalarni bir qismini boshqa mamlakatlarga ko’chirish natijasida paydo bo’ladigan raqobat ustunligini ham nazardan qochirmasligi lozim. Jumladan, ishlab-chiqarish xarajatlari, valyuta kursini o’zgarib turishi, mahalliy hokimiyatning iqtisodiy va siyosiy talablari va boshqa shu kabilar. Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling