9-bob. Globallashuv davrida raqobatli strategiyalar
Kompaniyani qulay joylashuvi
Download 32.3 Kb.
|
25-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta kurslarining o’zgarishi
Kompaniyani qulay joylashuvi. Ish haqi va mehnat unumdorligi, inflyasiya, energiya narxlari, soliq stavkalari, konunchilik va ishlab-chiqarish xarajatlari turli mamlakatlarda turlichadir. Ba’zi mamlakatlarda mehnat va ishlab-chiqarish resurslarini narxlarini pastligi, davlat boshqaruvining leberalligi yoki antiqa tabiiy resurslarning arzonligi hisobiga xarajatlarni sezilarli pasaytirish mumkin. Ushbu mamlakatlar asosiy ishlab-chiqarish quvvatlarini joylashtirish maydoniga aylanadi. Ushbu hududda ishlab-chiqarilgan mahsulotlar boshqa mamlakatlarning bozorlariga eksport qilinadi. Ishlab-chiqarishning past xarajatlariga erishish mumkin bo’lgan mamlakatlar kompaniyani raqobatbardoshligini ta’minlash yo’nalishida jozibador hisoblanadi. Pastxarajatlar asosida raqobat ustunligiga erishishning ahamiyatini ishlab-chiqarish maydoniga aylangan va past ish haqi joriy etilgan Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Singapur, Malayziya, Vyetnam, Meksika va Braziliya mamlakatlari misolida ko’rish mumkin. Boshqa mamlakatlar esa distribyuterlik markazlarini joylashtirish nuqtai-nazaridan jozibador hisoblanadi. Chunki ular qisqa muddatlarda past transport xarajatlari asosida tovarlarni uzluksiz yetkazib berishni ta’minaydi.
Mamlakatdagi ijobiy biznes muhiti – yana bir muhim ustunlik hisoblanadi: ko’pchilik mamlakatlarning oliy rahbariyati xorijiy investisiyalarni jalb etishga va xorijiy investorlar uchun qulay muhitni yaratishga harakat qiladi. Masalan, bizning mamlakatimizda yaratilayotgan biznes muhiti ham tadbirkorlar uchun juda qulay hisoblanadi. Chunki Prezidentimiz mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun jozibador biznes muhitini yaratishni, past soliq stavkalarini joriy etmoqda. O’zbekistonda yuqori texnologiyani ishlab-chiqarishni qo’llab quvvatlovchi faol siyosat yuritilmoqda. Pastxarajatlar asosida kompaniyani raqobat ustunligini ta’minlaydigan hududlarda ishlab-chiqarish quvvatlarini joylashtirish haqidagi qarorni tezkorlik bilan qabul qilish lozim, aks holda ushbu qulay hududni raqobatchilar egallaydi. Kompaniya esa raqobat ustunligidan mahrum bo’ladi. Valyuta kurslarining o’zgarishi. Valyuta kurslarining o’zgarishi geografik qulay joylashuv ustunligini yo’qqa chiqarishi yoki aksincha noqulay joylashuvni raqobat ustunligiga aylantirishi mumkin. Xorijiy valyuta kurslarini o’zgarishi 20% dan 40 % gacha bo’lishi mumkin. Ma’lumki 1990 yillarda Amerika kompaniyalari uchun ishlab-chiqarishni xorijga ko’chirish foyda keltirar edi. Chunki AQSh dollarining kursi barqaror o’sib borar edi. Dollar kursining xorijiy valyuta kursiga nisbatan sezilarli pasayishi Amerika kompaniyalari ishlab-chiqarishni xorijga ko’chirishni samarasiz bo’lishga olib keldi. Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling