9-bob. Globallashuv davrida raqobatli strategiyalar


Download 32.3 Kb.
bet7/7
Sana28.01.2023
Hajmi32.3 Kb.
#1137304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
25-mavzu

Lisenziya strategiyasi. Agar kompaniya noyob texnik nau-xau yoki antiqa potent bilan himoyalangan tovarga ega bo’lib, xorijiy bozorlarga chiqish uchun tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’lmasa,lisenziya strategiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Lisenziyalashning ustun tomoni shundan iboratki, bunda kompaniya notanish, begona bozorlarga kirish paytida yuqori iqtisodiy va siyosiy tavakkalchilik va xavf-xatar vaziyati ta’sirida katta moliyaviy yo’qotishlarga duch kelish xavfini pasaytiradi. Kompaniya xorijiy firmalarga texnologiyadan foydalanish yoki tovar ishlab-chiqarish lisenziyasini berganda u xorijiy bozorlarni o’zlashtirish va xavf-xatar bilan bog’liq xarajatlarni o’z zimmasiga olmaydi, lekin royalti ko’rinishidagi daromadga ega bo’ladi. Lisenziya berishning asosiy kamchiligi shundan iboratki, bunda noyob nau-xaudan foydalanish huquqi xorijiy firmalarga berilgandan keyingi salbiy vaziyatlar ya’ni, lisenziyadan to’g’ri foydalanish to’g’ri foydalanishni nazorat qilishning murakkabligidir.

Multimilliy raqobat ustunkor bo’lgan va mahalliy bozorlarning parametrlari muhim ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarga multimilliy strategiya aynan mos keladi.


Franchayzing strategiyasi. Lisenziyalash asosan sanoat kompaniyalari tomonidan franchayzing esa xizmat ko’rsatish chakana savdo tashkilotlari o’z faoliyatini global kengaytirishga qaror qilganda qo’llaniladi. McDonald’s Pizza Hut Hilton Hotels xorijiy bozorlarda keng ishtirok etish maqsadida franchayzingdan foydalanadi. Franchayzingni lisenziyalashniustunlik tomonlari bilan bir-biriga o’xshashdir. Franshiza egasi korxonalarni xorijda joylashtirish bilan bog’liq xarajatlar va tadbirkorlik tavakkalchiligi va xavf-xatari uchun, franchayzer kompaniya esa xodimlarni ishga yollash va franshiza ishtirokchilarini qo’llab-quvvatlash uchun javobgardir.Franchayzerning asosiy muammosi – bu ishlab-chiqariladigan mahsulot sifatini nazorat qilishdan iborat. Chunki xorijiy franshiza egalari hamma vaqt ham mahsulotning yagona standartlariga va ishlab chiqarish texnologiyasiga amal qilavermaydilar.
Download 32.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling