3 I bob. Pedagogika kasbiy standarti talablari
Download 94.74 Kb.
|
1Pedagogning kasbiy standartini bola rivojlanishiga qo
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. PROFESSIONAL STANDART
- XULOSA
MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................................................3 I BOB. PEDAGOGIKA KASBIY STANDARTI TALABLARI Pedagogning kasbiy standartini bola rivojlanishiga qo`yiladigan………………………………………………………………………...5 Ta’lim, tarbiya jarayonini rejalashtirish........................................................10 II BOB. PROFESSIONAL STANDART 2.1. Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari.........................13 2.2. O'qituvchining kasbiy standarti talablarining bajarilishini baholash usullari.................................................................................................................... 19 XULOSA................................................................................................................22 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..24 ILOVALAR………………………………………………………………………25 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo'lishi kerak. Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog’lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo’lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartlari1” hamda “Ilk qadam” o’quv dasturiga mos bo’lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo’ladi. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Download 94.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling