3 I bob. Pedagogika kasbiy standarti talablari


Ta’lim, tarbiya jarayonini rejalashtirish


Download 94.74 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi94.74 Kb.
#1831291
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1Pedagogning kasbiy standartini bola rivojlanishiga qo

1.2. Ta’lim, tarbiya jarayonini rejalashtirish
Pedagogning kasbiy standarti quyidagi sohalar bo`yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogiga qo`yilgan talablarni o`z ichiga oladi: Ta’lim muhitini tashkil kilish.Ta’lim muhiti bolaning aqliy, ijti-moiy, xissiy va jismoniy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko`rsatadi.6

1.2 – rasm. Ta’limni rejalashtirish.
Jismoniy va ruhiy jihatdan xavfsiz muhitni yaratish orqali pedagog bola-larning bilim olishga rag`batlantiradi. Ta’lim muhitini bolalarning mu-ayyan ehtiyojlariga ko`ra moslashtirish orqali pedagog bolalar ham mustaqil ravishda, hamda hamkorlikda ishlashlariga, turli xil mashg`ulotlar va top-shiriqlarda ishtirok etishlari, dadil bo`lishlari va ta’lim jarayonida ham, kundalik vaziyatlarda ham yanada murakkabroq vazifalarga jur’at qila olishlariga rag`batlantiradi.
Ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish. Pedagog Davlat o`quv da-sturi asosida ishlab chiqilgan yillik mavzuviy rejaga asoslanib, ijodiy
yondoshuvdan foydalangan holda va bolalar biladigan va tushunadigan narsa-lariga tayangan holda ish olib boradi. Rejalashtirish jarayoni o`zining maq-sadga yo`naltirilganligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Peda-goglar ta’lim-tarbiya jarayoni qanday borayotganligini va bolaning hayotida nimalar yuz berayotganligini, bola qanday rivojlanayotganligini hisobga oladi va har bir bola o`z saloxiyatini to`liq namoyon qila olishi uchun unga qanday yordam berish kerakligini aniqlaydi.
Bolalarga ta’lim va tarbiya berish. Pedagog Davlat o`quv dasturida o`r-natilgan talablarni bajarishi hamda har bir bolani quyidagi rivojla-nish sohalari bo`yicha rivojlanishini qo`llab-quvvatlashi lozim: jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari, bilish jarayonini rivojlanishi hamda ijodiy rivojlanish. Pedagog faol bilim olishning bolalar yoshi va ehtiyojlariga mos keluvchi turli xil uslublari va shakllari-dan foydalangan holda ta’lim jarayonlarni moslashtiradi.
Bolalarning rivojlanish jarayonini kuzatish.Bolalar rivojlanishi-ni aniqlash hech qanday testlar o`tkazmagan holda, kuzatish orqali amalga oshi-riladi. Pedagog bolalarni tizimli ravishda kuzatib borish va boshqa zarur us-lublardan foydalangan holda natijalarni tahlil qiladi. Tahlildan olingan xulosalardan foydalanib, keyingi ta’lim jarayonini rejalashtiradi. Peda-gog muayyan bolalarning qiziqishlari va ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda kelajakda muvaffaqqiyatga erishishlari uchun ularni qo`llab-quvvatlaydi.7

Download 94.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling