3 I bob. Pedagogika kasbiy standarti talablari
Pedagogning kasbiy standartini maqsadlari, asosiy tushunchasi
Download 94.74 Kb.
|
1Pedagogning kasbiy standartini bola rivojlanishiga qo
Pedagogning kasbiy standartini maqsadlari, asosiy tushunchasi. Pedagogning kasbiy standarti keng qo`llanish sohasiga ega bo`lib, un-dan turli ta’limiy maqsadlarda foydalanilishi va foydalanuvchilar-ning keng doirasi uchun mo`ljallangan. Pedagoglar –kasbiga qo`yiladigan talablarni tushunishi, o`z malakasini oshirishi va kasbiy jixatdan o`sishni rejalashtirishi uchun kerak bo`ladi.
Pedagog o`z-o`zini baholashi natijasida kasbiy rivojlanishning shaxsiy rejasini tuzishi va o`z kompetensiyasini yaxshilash hamda rivojlanti-rishning rasmiy yoki norasmiy usullarini izlashi mumkin. Shaxsiy ta-jribasi va erishilgan natijalarini tahlil qilish – bu o`zining kasbiy rivojlanishini mo`ljal olishdir. Yangi sharoit va o`zgarishlarga, yangi o`zgarishlarga moslashish pedagog uchun asosiy kompetensiyalaridan biri hisoblanadi. ish beruvchilar – kadrlarga qo`yiladigan talablar, yo`riqnomalar va majburiyatlarni ishlab chiqish, xodimlarni ishga olish va attestasiyadan o`tkazish mezonlarini shakllantirish, shuningdek, malaka oshirish, kadr-larni rotasiya qilish uchun zarur bo`ladi; Kasbiy standartlar pedagogni va umuman olganda, jamoani individual baholashda ham muhim axamiyat kasb etadi. Akkreditasiya va malaka toifasi berish bo`yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar –kadrlarga malaka toifalari berishda va muvo-fiqlik darajalari bo`yicha xodimlar malakasini baholash mezonlarini ishlab chiqishda, shuningdek mazkur kasbiy standartlar maktabgacha ta’-lim tashkilotlarini akkreditasiyalash maqsadida kadrlar zaxirasining mavjudligini aniqlash mezoni sifatida ham foydalanilishi mumkin; ta’lim sohasida rahbar kadr -maktabgacha ta’lim sohasidagi ta’limiy siyosatni ishlab chiqish uchun kerak bo`lgan kasbiy standart maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi sifatini monitoring qilishda muhim rolni bajaradi.3 Bu standartlar asosida pedagoglarning kasbiy faoliyatning oltita aspekti bo`yicha kasbiy kompetensiyalari dara-jasini baholash mezonlarni ishlab chiqish mumkin. Pedagoglarningning kasbiy tayyorgarligi sohasidagi vaziyatni tahlil qilish, milliy daraja-da takomillashtirishni talab qiluvchi pedagogik amaliyot aspektlarini hamda pedagoglarni tayyorlashning maqbul darajasini ta’minlash uchun ularning ta’lim xizmatlarini aniqlash va baholash mumkin. Oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar, kollejlar, markazlar, institutlar hamda maktabgacha ta’lim tizimida malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash muassasalarida – ta’lim oluvchilarning nazariy va amaliy kasbiy tayyorgarlik darajasi sifatini baholash, kasbiy stan-dartlardan foydalanish malakasini rivojlantirish, o`quv dasturlari va modullar hamda bitiruvchining malakaviy tavsifnomasini ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Davlat organlariga –kasbiy standart mehnat bozorini oldindan bilish va monitoring qilish maqsadida mezonlar sifatida foydalanish uchun kerak bo`ladi. Pedagoglarning kasbiy standarti bolalarni rivojlantirish dastur-lari, shuningdek, ilk yoshdagi bolalar pedagogikasi va psixologiyasi soha-sida oxirgi o`n yillikdagi yangi yutuqlar doirasida to`plangan tajribalar asosida quyidagi muhim tamoyillarni o`z ichiga oladi: Jumladan: • pedagoglarning inklyuziv amaliyotini amalga oshirishlarini ko`zda tu-tadigan huquqlar asosida ta’limga yondashish; • bolani sifatli parvarishlash, o`stirish, rivojlantirish va tarbiya-lash uchun barcha sharoitni yaratish; • bolani rivojlanish jarayoni, individual moyilliklari, ehtiyojlari, qiziqishlarini bilishini talab qiluvchi mustaqil harakatlar; • bolaning rivojlanishi va ta’lim-tarbiya jarayonini qo`llab-quvvat-lash. • bolalar bilan muloqotda va ijtimoiy munosabatlarda oila va makta-bgacha ta’lim tashkilotlari o`rtasidagi hamkorlik munosabatlarini boshqarish.4 Pedagog kasbining asosiy qadriyatlari quyidagilardan iborat: Bola shaxsiga hurmat va uning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash. Qadriyatlarning ushbu to`plami, maqomi, qobiliyati yoki sharoitlardan qat’iy nazar har bir shaxs teng qadr-qiymatga ega ekanligi, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilishlari, shuningdek, unga amal qilishlari-da teng huquqqa ega ekanini tan olishdan iborat. Madaniy xilma-xillikni rag`batlantirish, turli dunyoqarashlar, odatlar va e’tiqodlarga ochiqlik. Madaniy xilma-xillik, fikrlar, dunyoqarash va odatlarning turli-tumanligi jamiyat uchun foydalidir. Boshqa odamlar-ning huquq va erkinliklariga putur etkazishga yo`naltirilmagan har qan-day nuqtai nazarlar, qarashlar, e’tiqod va fikrlar, shuningdek odamlar-ning turmush tarzi va odatlarini hurmat qilish zarur. Adolatlilik va beg`arazlilik. Mazkur qadriyatlar ijtimoiy mas’uliyat va adolat, millati, etnik mansubligi, tili, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, nogironligi va boshqa maqomidan qat’iy nazar teng va beg`araz muomala qilishni nazarda tutadi. Pedagog uchun quyidagi xulq-atvor turlari muhim: Hurmat – kimgadir yoki nimagadir boshidanoq ularga xos bo`lgan qiymat, nufuz va qadriyat in’om qilingan fikrga asoslanuvchi ijobiy e’tibor va hurmat (izzat) bilan munosabatda bo`lishda ifodalanadi. Turli madaniyat va e’tiqodga ega bo`lgan shaxslarga hurmat bilan munosabatda bo`lish. Mas’uliyat tuyg`usi - shaxsiy xatti - harakatlariga nisbatan tegishli munosabatda ifodalanadi. U o`z harakatlariga sermulohaza yondashuvni, shuningdek, axloqiy nuqtai nazardan o`zini munosib tutishga, ongli hara-katlanishga va o`z qadamlarining oqibatlari yuzasidan o`ziga hisobot berishga yo`naltirilgan maqsad qo`yishni ko`zda tutadi. Shaxsiy qadr-qimmat tuyg`usi –o`z-o`ziga nisbatan u yoki bu shaxsning mu-nosabatini tavsiflaydi. U insonda o`zi qo`ygan maqsadga erishish uchun harakatlanishga qodirligiga ishonchning, shuningdek, voqea-hodisalar mohiyatini tushunishga, belgilangan rejani amalga oshirishga munosib yo`lni tanlash, salbiy to`siqlarni muvaffaqiyatli engib o`tish, jamiyatda kerakli shaxs bo`lishga intilishni ko`zda tutadi.5 Quyidagi amaliy ko`nikmalar pedagoglar uchun muhim: • Mustaqil o`qishga qobiliyat o`z ehtiyojlariga muvofiq ravishda mustaqil o`qish jarayonini yo`lga qo`yish uchun zaruriy malakalarga taalluqli, bunda jarayonni olib borish va erishilgan natijalarni baholash bego-nalar aralashuvisiz amalga oshadi. • Tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini tizimli va mantiqiy ket-ma-ketlikda tahlil qilish, turli mazmundagi materiallar (matnlar, dalillar, sharhlar, hodisalar, tajriba va boshqalar kabi) to`g`risida shaxsiy fikrga egalik va o`z faoliyati natijasini baholay olish. • Tinglash, kuzatuvchanlik ko`nikmasi bir vaqtning o`zida atrofdagi odam-larning noverbal xulq-atvoriga e’tibor qaratish, kuzatish va tushu-nish, imo-ishora va mimikalarni idrok etish uchun zaruriy bo`lgan ma-lakaga ega bo`lish. • Kommunikativlik, lingvistik qobiliyatlar va turli tillarda muloqot qilish malakalari bitta tilda yoki boshqa tilda so`zlashuvchi shaxslar bilan muloqot qilish, shuningdek, turli tillarda gapiradigan odam-lar o`rtasida vositachilik qilish uchun zarur. • Hamkorlikka tayyorlik - birgalikdagi tadbirlar, tashabbuslar va fao-liyatning har xil turlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, shuningdek, umumiy maqsadlarga erishishda boshqalarni hamkorlikka undash uchun zaruriy bo`lgan malakalar majmui hisoblanadi. • Nizolarni hal qilish qobiliyati nizolarga reaksiya qilish, nizolarni xal qilishda har ikkala tomonni qanoatlantira olish, maqbul echim-larni topish, nizolarni tinchlik yo`li bilan hal qilish va boshqa-rishda zarur bo`ladigan malakalar. Download 94.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling