3 I. Bob. Umurtqasiz hayvonlarga umumiy tasnif


Download 0.5 Mb.
bet2/11
Sana28.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1304518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Malika (2)

Mavzuning ahamiyati.Yer yuzida hayvonot olami ham o`simliklar singari tarqalgan. Ularning shimoliy muz qutblaridan tortib janubiy kengliklargacha, shuningdek, cho`l, dasht, tog` zonalarida ham uchratish mumkin. Hayvonot olami juda ham xilma-xildir. Hozirgi paytda yer yuzida 1500 mingdan ortiq hayvon turlari ma`lum. Hayvonlarning xilma-xillig, tuzilishi, xulq-atvori, ko`payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiatda va inson hayotidagi rolini o`rganadigan fan zoologiya deb ataladi. Hayvonlar bilan osimliklar murrakkab tuzilishga ega bolib ularning umumiy oxshashlik tomonlari xam bor. Masalan: ularning xar ikkalasi xam xujayralardan tuzilgan ikkalasi xam oziqlanadi osadi rivojlanadi kopgina xayotiy jarayonlari xam juda oxshash ketadi. Bularning xammasi hayvonlar bilan osimliklar birbiriga qarindosh ekanligini, ular bir negizdan tarqalganligini ko`rsatadi. Lekin shu bilan birga ular o`rtasida katta farqlar xam bor. Masalan: hayvonlar - geterotrof, o`simliklar esa avtotrof organizmlardir. Xayvonlar yuradi, xarakat qiladi, noqulay sharoitdan qulay sharoitga o`tadi.
Mavzu bòyicha adabiyotlarning qisqacha tahlili: Kurs ishlarini tayyorlashda asl nusxalarga qòshimcha ravishda quyidagi nashrlarning rasimlari ishlatiladi. Mavlonov O., Xurramov Sh., Eshova X., Umurtqasizlar zoologiyasi. T., " Òzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. Dadayev.S,Safarbar.K Umurtqasizlar zoologiyasi. 2019-yil. Movlonov O., Saparov.K, Toshmatov N. ZOOLOGIYA( umurtqasiz hayvonlar )/ Darslik / T.: " NAVRÒZ " ,2018. A.R.Qashqarov, M.M Qurbonova Paleantologiya Toshkent " GO To Print " 2020 S. Dadayev,O.Mavlonov "zoologiya" Toshkent 2008 O.Mavlonov "Umurtqasizlar zoologiyasi" Toshkent 1998 Jon G.Houseman, Digital Xoology,Version 1,0 Student Workbook And,CD-ROM, University of Ottawa,2000. Mavlonov O., Xurramov sh. Umurtqasizlar zoologiyasi.T., Mehnat,1998, ..Mavlonov O.,.Xurramov sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi.
I.BOB. UMURTQASIZ HAYVONLARGA UMUMIY TASNIF
1.1. Umurtqasiz hayvonlarning tuzulishi
Umurtqasizlar (Invertebrata) - umurtqa pogʻonasi boʻlmaydigan hayvonlar guruhi. Hayvonot dunyosini umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni 19-asr boshida fransuz olimi J.B. Lamark taklif etgan boʻlib, sistematik ahamiyatga ega emas. Chunki umurtqasizlarga hayvonot dunyosining xordalilardan tashqari barcha tiplari kiradi. Lekin xordalilarning hamma vakillarida umurtqa boʻlmaydi.
Hozir " Umurtqasizlar." termini faqat hayvonlarni umumiy tavsiflash uchun ilmiy asar va oʻquv qoʻllanmalarida ishlatiladi. U.ning taksonomik guruxlari uzilkesil hal etilmagan. Ularga bir qujayralilarning 5—7 tipi, plastinkalilar, gʻovaktanlilar, taroqlilar, barcha chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar (hammasi boʻlib 16—23 tipga mansub hayvonlar) tipi kiradi. Lekin bir qancha taksonomik guruhlar tarkibi (mas, bir qujayralilar, chuvalchanglar) aniq belgilanmagan. Umurtqasizlar ning 1,5 mln. dan 2,0 mln.ga yaqin turi maʼlum. Umurtqalilarning esa 45 ming turi bor.
Umurtqasizlar chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit . Umurtqasizlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan Umurtqasizlar baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, mshankalar va boshqa skeletidan iborat). Koʻpchilik Umurtqasizlar yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va boshqalar). Umurtqasizlar hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek, Umurtqasizlar.dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali Umurtqasizlar bilan birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi. Kovakichlilar tipi. Kovakichlilar tuban darajada tuzilgan ko`p hujayralilarning eng xarakterli tiplaridan biridir. Kovakichlilarning o`ziga xos belgilari quyidagilar:
1. Kovakichlilar radial-nursimon simmetriyali tuzilishga ega. Masalan, uning vakili gidra tanasidan tik o`q o`tkazilsa, uning paypasligichlari bu o`q atrofida xuddi har tomonga taralgan yorug`lik nuri singari joylashadi. Buni nursiomn simmetriya dub ataladi.
2. Kovakichlilar tipi vakillarining tanasi ikki qavatli tuzilishga ega.
Kovakichlilarning tipik vakili - gidra. Gidra chuchuk suvlarda yashaydi. Uning tanasi ikki qavatdan: tashqi ektoderma, ichki entodermadan iborat.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling