3. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'idan Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini hisoblash va to'lash muddatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini to'lovchilari, obyekti va soliq stavkalari
Download 35.19 Kb.
|
Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqning oʻziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligidan
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ini to'lovchilari, obyekti va soliq stavkalari
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'ini to'lovchilari bo'lib, soliq solinadigan mol-mulkga ega bo'lgan fuqarolar hisoblanadi.Demak, bu yerda mol - mulk soliq obyekti hisoblanadi. Ammo jismoniy shaxslarning hamma mulki emas, faqat quyidagi mulklari mol-mulk solig'i obyekti hisoblanadi: a) uy-joylari; b) kvartiralari; d) chorbog' va bog' uylari; e) garajlar va boshqa imoratlar; f) binolar va inshootlar qiymati (inventar qiymati). Qisqacha qilib aytsak, imoratlr va inshoatlar qiymati mol-mulk solig'i obyekti hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'i stavkasini har yili kelgusi moliya yili uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaror bilan tasdiqlanadi. Masalan: 2007-yil uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentiining 2006-yil 18-dekabrdagi 532-sonli qarori bilan jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ining quyidagi stavkasi belgilangan: Jismoniy shaxslar mulki qiymati qayta hisoblanmagan bo'ladi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida shartli ravishda 2100 ming. so'm; boshqa shaharlar va qishloq joylarida 220 ming. so'm qilib olinadi. Masalan: fuqaroning uy joylari Toshkent shahrida joylashgan. 1998-yil 1-yanvardan qayta hisoblangan qiymati 1200 ming sum. Bu fuqaro 2003- yilda 6-ming sum mulk solig'i to'lashi kerak. Bordiyu, fuqaro mulkining qiymati qayta baholanmagan bo'lsa, Toshkent shahrida 2100 ming so‘m qilib olinadi va budjetga 10,5 ming so'm mol-mulk solig'i to'laydi. 3.Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'idan Imtiyozlar. Quyidagi jismoniy shaxslaming mulkiga (imoratlar, binolar va inshootlar) soliq solinmaydi: «O'zbckistan Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor bo'lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlarning; 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslaming, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlami egallagan shaxslar. Leningrad shahri qamalida bo'lganlarning va konsentratsion lagerlaming sobiq yosh tutqunlari, xizmatini Afg'oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo'lgan qo'shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o'tagan harbiy xizmatchilar hamda o'quv va sinov yig'inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning; Qahramon onalar, shuningdek, o'n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollaming; Chemobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolaming (shu jumladan, u yerga vaqtinchalik xizmatga yuborilganlaming); Pensionerlaming, shuningdek, 1 va II guruh nogironlarining; muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarining xizmatni o'tash davrida; harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo'lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo'lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo'lgan harbiy xizmatchilaming ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining). O'zbckistan Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan bo'lgan nogironlarning ichki ishlar organlarining xizmat vazifasini ado ctayotganda yarador, kontuziya bo'lgan yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron bo'iib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan bo'lgan shaxslaming mulklari soliqdan ozod etiladi. IJshbti moddada nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanloviga binoan, mol-mulkning faqat bir obycktiga taalluqli bo'ladi. Masalan, ikkita uy bo'lsa, bittasiga bcriladi. Mol-mulk solig'i to'lovchi jismoniy shaxslar - pensionerlar uchun foydalanayotgan 60 kv.metrga soliqdan imtiyoz bcriladi. Undan ortig'i umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Yil mabaynida soliq to'lovchilarda m ol-m ulk solig'i bo'yicha imtiyoz olish huquqi paydo bo'lgan, taqdirda ularga soliq to'Iashdan imtiyoz huquqi paydo bo'lgan oydan boshlab beriladi. Yil davomida mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyoz yo'qotilgan holatda mulklarni soliqqa tortishdan imtiyoz huquqi yuqotilgan oydan keyingi oydan boshlab soliqqa tortiladi. Imtiyozlar faqat mol-mulk imtiyoziga ega bo'lgan shaxsning mulki bo'lgandagina berilishi mumkin. Download 35.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling