3-Laboratoriya ishi: Zanjirli reaksiya asosida poliakril kislota sintez qilish va uning eruvchanligini aniqlash Ishning maqsadi
Download 81.14 Kb. Pdf ko'rish
|
4 laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar
- B) Poliakril kislotasining eruvchanligini aniqlash.
- Topshiriqlar
3-Laboratoriya ishi: Zanjirli reaksiya asosida poliakril kislota sintez qilish va uning eruvchanligini aniqlash Ishning maqsadi: Poliakril kislotasini sintez qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Reaktivlar: Ingibitordan tozalangan, yangi haydalgan akril kislota (50 ml), zanjirli polimerlanishni amalga oshirish uchun initsiator – benzoil peroksidi (5 g), erituvchilar: kaliy yoki natriy gidroksid eritmasi, distillangan suv, formalin, etil yoki metil spirti. Jihozlar: Spirt lampasi (4 dona), probirka (4 dona), 5 mlli pipetkalar (2 dona), shisha voronkalar (2 dona), analitik tarozi. Tajribaning borishi: A) Poliakril kislotasi sintez qilish. 4 dona probirka olinadi va ular alohida-alohida holda shtativga mahkamlanadi. Shtativga mahkamlangan probirkalarning barchasiga mos ravishda shisha voronkalar joylashtiriladi. Yangi haydalgan akril kislotasi solingan sklyankadan bir xil miqdorda, ya’ni 3-4 mldan pipetka orqali o‘lchab olib, mos ravishda probirkalarga quyiladi, va ularning ustiga benzoil peroksididan (1% gacha miqdorda tarozida o‘lchab) qo‘shiladi. Shundan so‘ng shtativlardagi probirkalarni qiya holatga keltiriladi va spirt lampasi yordamida qizdiriladi. Qizdirish sekinlik bilan amalga oshirilishi talab etiladi. Qizdirish boshlangandan ma’lum vaqt o‘tgach, probirkalardagi modda ko‘pirib quyuqlashadi, ya’ni akril kislotasi erkin radikalli mexanizm asosida polimerlana boshlaydi. Shundan so‘ng qizdirish to‘xtatiladi va spirt lampasi olib, probirkalar sovitiladi. Natijada shishasimon poliakril kislota hosil bo‘ladi. 4 ta probirkadan birinchisi sovugandan so‘ng sindirib, qattiq polimer ajratib olinadi, tarozida tortiladi va monomerga nisbatan % hisoblanadi. Umumiy holda akril kislotasidan poliakril kislota hosil bo‘lishini quyidagicha yozish mumkin: B) Poliakril kislotasining eruvchanligini aniqlash. Tajribaning birinchi qismida akril kislotasi va benzoil peroksid inisiatori ishtirokida sintez qilingan poliakril kislotasining eruvchanligini aniqlash uchun, qolgan 3 ta probirkalarni yana shtativga tik holatda mahkamlanadi. Birinchi probirkadagi polimer ustiga 10-15 ml chamasi distillangan suv, ikkinchisidagi polimer ustiga shuncha miqdorda kaliy yoki natriy gidroksidlarning eritmasi va uchinchisiga formalindan solinadi. Vaqt o‘tishi bilan probirkalardagi polimer eriy boshlaydi. Ularning qanday tezlikda erishi mumkinligi (20, 40, 60 va 90 minut) davomida kuzatiladi. Alohida ajratib olingan poliakril kislotasidan oz miqdor olib, biror kislotada eruvchanligini tekshirish ham mumkin. Olingan natijalar asosida hisobot yoziladi. Topshiriqlar: 1. Tajriba haqida hisobot yozing. 2. Tajribaning reaksiya tenglamasi yozing. 3. Hosil bo‘lgan poliakril kislotasining miqdori aniqlang. 4. Zanjirli reaksiyalarni qanday ketma-ketlikda amalga oshishini misollar asosida izohlab bering. Download 81.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling