Miller indekslari - kristallda atomlar joylashgan yuzani aks ettiruvchi tekislik. Bunday tekisliklar o’z tabiatiga qarab kristall panjaraning o’qlarini har xil koordinatlarda kesadi. Bunday tekisliklarni ifodalashning eng qulay yo’li bu Miller indekslaridir.
Indeksni topish uchun o’qlarda tekislik kesgan kesmalarning teskari miqdorlari olinib, ular umumiy mahrajga keltiriladi va mahraj tashlab yuboriladi. Ular [h,k,l] kabi belgilanadi.
Koordinata o‘qlarining boshi sifatida tugunlardan biri qabul qilinsa, unga nisbatan boshqa tugunlarning koordinatalari x = ma, y = nb, z = kc lar bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |