14-rasm. Miller indekslari
Agar uzunlik birligi etib panjara doimiylari a,b,c lar qabul qilinsa tugunlarning koordinatalari m, n, k butun sonlardan iborat bo‘ladi. Odatda, ular ikkita to‘g‘ri qavslar ichiga yoziladi [m, n, k].
Kristallardagi yo‘nalishlar koordinatalar boshidan o‘tadigan to‘g‘ri chiziqlar bilan belgilanadi va ular to‘g‘ri chiziqli qavslar ichiga olib yoziladi [m, n, k] (14 - rasm, a). Kristall panjaraning ixtiyoriy uch nuqtasidan o‘tkazilgan tekisliklarni atom tekisliklari deyiladi. Ular 14-rasmda (b, v, g) ko‘rsatilgandek belgilanadi.
Kristallarning ichki tuzilishini qanday o‘rganish mumkin? Kristallarning tuzilishini aniqlash usullari ularning atomlari kristall panjara hosil qilib joylashganligiga asoslangan. Har qanday kristall jismni hajmiy difraksion panjaradan iborat deb qarash mumkin. Bunda difraksion panjaraning davri kristall panjaraning doimiysiga teng bo‘ladi.
Hajmiy difraksion panjaradan elektromagnit to‘lqinlarning difraksiyalanish qonuniyati bilan rentgen nurlari difraksiyasini kuzatganda tanishgan edik.
15-rasm. Kristall panjaraning doimiylarini Vulf-Breggilar qonuni yordamida aniqlash
Demak, kristallning turli yo‘nalishlardagi sirtiga ma’lum sirpanish burchagi ostida rentgen nurlarini, elektronlarni, neytronlarni tushirib, ularning difraksiyasini o‘rganish asosida kristall panjaraning doimiylarini Vulf-Breggilar qonuni yordamida aniqlash mumkin (15-rasm).
2dSin =m (6)
Kristallarda etalen nurlarining difraksiyasini kuzatishga asoslanib, ularning tuzilishini aniqlaydigan usulni rentgenografiya deyiladi. Elektron yoki neytronlarning difraksiyasiga asoslangan usullarni esa, mos ravishda elektronografiya yoki neytronografiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |