16-rasm. Legirlovchi kirishma miqdorini monokristal va polikristal kremniyni solishtirma qarshiligiga ta’siri
Shunday qilib polikristallar va ular asosida yaratilgan asboblarni elektrofizik xususyatini o’rganishda polikristallar strukturasi parametrlari xaqidagi ma’lumotlarni bilish talab qilinadi.
Polikristallar strukturasining o’rganishning turli usullari mavjud. Ular orasida eng oddiy va qulay usuli “metallografik” usul. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, bunda mikroskop yordamida 100 marta kattalashtirib , polikritall tuzulishini xarakterlab beruvchi kattaliklarni bir necha ko’rish maydonida solishtirish va o’lchash orqali parametrlarini aniqlash mumkin. Polikristalldagi donachalar zichligini va o’lchamini aniqlash uchun ikkita usuldan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |