21-rasm. Kovalent yarimo‘tkazgichning sxematik tasviri: to‘rtta uzilgan bog‘lanishli vakansiya relaksatsiyaga qadar (a) va uzilgan bog‘lanishlari bo‘lmagan vakansiya relaksatsiyadan keyin (b)
Kovalent yarimo‘tkazgichdagi vakansiya to‘rtta juftlanmagan uzilgan bog‘lanishni hosil qiladi, bu 21-rasmda sxematik ko‘rsatilgan. Ular qo‘shni uzilgan bog‘lanishlar o‘rtasida ikki juft bog‘lanishlarni hosil qilish orqali “davolanishi” mumkin. Dastavval uzilgan bog‘lanishli atomlar o‘rtasidagi masofa ideal kristalldagi bog‘lanishlar uzunligidan kattaroq bo‘lganligi sababli, bu atomlar yangi bog‘lanishlarni hosil qilish uchun, bir-biriga yaqinlashishi kerak (21 b-rasm). Qo‘shni atomlarning siljishlari bilan tarang energiya bog‘liq bo‘lib, u dastavval uzilgan bog‘lanishlarga ega bo‘lgan to‘rt elektronning energiyasi kamayishi bilan kompensatsiyalanadi. Har bir yangi bog‘lanish bog‘langan holatdagi ikki elektronni qabul qila olishi sababli, uzilgan bog‘lanishdagi har bir elektron energiyasining kamayishi yopuvchi parametrlar qiymatlari tartibiga ega (Vss, Vpp va Vsp).
Do'stlaringiz bilan baham: |