3-маъруза. Қаттиқ жисмлар хоссалари


Monokristallar va polikristallarning xossalari


Download 0.58 Mb.
bet16/24
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#259426
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
3-маъруза 6e4efa63473ac229b2aacaffc5ed4952

Monokristallar va polikristallarning xossalari

Kristall – atomlar joylashishida qat’iy tartib va davriylik bo’lgan qattiq jismdir (bularda atomlar joylashishida qat’iy yaqin va uzoq tartib mavjud).

Olmos, kremniy, osh tuzi va h.k. Kristallar o’zining tuzilishiga qarab monokristall va polikristallarga bo’linadi. Kristallar tabiiy bo’lishi bilan birga (olmos) odatda sun’iy yo’l bilan o’stiriladi.



Monokristall – butun shakl (hajm)da atomlari bir xil tartib va davriylikka ega holda joylashgan qattiq jismdir.

Tabiatda ba’zi minerallarning katta yaxlit kristallari ham uchraydi. Ularda atomlarning joylashishi kristall panjaraning biror xiliga mos keladi. Bunday kristallar monokristallar deb yuritiladi. Monokristall bir markazdan o’sgan kristalldir.

Monokristallarni sun’iy ravishda Choxral usuli bilan o’stiriladi. Hozirgi zamon texnologiyasida Si ning diametri 300 mm bo’lgan monokristalli o’stirilmoqda.

Agar eritmada kristallanish markazlari ko’p bo’lsa, bu markazlar atrofida juda ko’p kristallitlar o’sadi. Natijada hosil bo’lgan kristall jismning tashqi ko’rinishi uning ichki tuzilishini ifodalay olmaydi, chunki bu kristallitlar ixtiyoriy ravishda oriyentatsiyalanganligi uchun bir-birlariga yaqinlashganlarida chegaralaridagi atomlarning joylashishi ma’lum tartibga ega bo’lmaydi. Binobarin, har bir markazdan o’sgan kristallit berilgan qattiq jism kristall tuzilishining biror xiliga to’g’ri keladigan shaklni ololmaydi. Ular ixtiyoriy shaklga ega bo’lib, ixtiyoriy tartibda joylashadi. Bunday kristallitlar to’plamidan iborat bo’lgan modda polikristall bo’ladi.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling