8- rasm. Kristall panjaralarning turlari: 1 – kubsimon; 2 – tetragonal; 3 – rombsimon; 4 – romboedrik; 5 – geksogonal; 6 – monoklin; 7 – triklin
a, b, c – bo’laklar panjara davri, elementar uyachali o’lchamini aniqlaydi. Ko’pchilik hollarda panjaralar murakkab, chunki elementar zarralar kristall panjara tugunlarida emas uning qirralari va markazida joylashishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan metallarning murakkab kristall panjaralari 9 - rasmda ko’rsatilgan, bunda a – hajmiy markazlashgan kubsimon (HMK); б – qirralari markazlashgan kubsimon (QMK); в – geksogonal zich joylashgan (GZJ).
9 – rasm. Eng ko’p tarqalgan metallarning murakkab kristall panjaralari: a – hajmiy markazlashgan kubsimon (HMK); б – qirralari markazlashgan kubsimon (QMK); в – geksogonal zich joylashgan (GZJ)
Kristall panjaraga yo’nalish berish va ularni yassi kristallda joylashtirish uchun kristallografik indekslardan (Miller indeksi) foydalaniladi. Kristalldagi atom yassiliklari shu yassiliklar tomonidan qirqilgan bo’laklar aniqlanadi va ular x, y, z koordinata o’qlarida qirqilgan bo’ladi. Bu bo’laklar butun sonlar bilan m, n, p uzunligi teng bo’lgan uyacha qovurg’alari a, b, c bilan o’lchanadi, ular butun koordinata o’qlari bo’ylab yagona masofa hisoblanadi. Yassiliklar indekslari uchun teskari bo’laklarni olish qabul qilingan: h = 1/m, k = 1/n, l = 1/p. Bu sonlar aylanali qavslarga kiritiladi. 10- rasmda oddiy kubsimon panjarani yassiliklari ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |