3-ma’ruza: Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari. Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish Reja


Download 0.95 Mb.
bet2/10
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1128225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Husnixat 3-ma\'ruza

Birinchi guruh mashqlar


Darsning maqsadi. O’quvchilarni daftarning chiziqlari bilan tanishtirish va nuqtalarni ko’z bilan chamalab qo’yishga o’rgatish.
Birinchi vazifa. O’quvchilarga barobar masofada nuqtalar qo’yishni o’rgatish.
IkkinchI vazifa. O’quvchilarga «barobar masofa», «yaqin», «uzoq» kabi tushunchalarni o’rgatish.
Uchinchi vazifa. O’quvchilarni daftarning qiya holati bilan tanishtirish. Bolalarga oldin daftarni tik, keyin esa qiya qilib qo’yish topshiriladi. So’ngra daftarning qiya va tik holatlari qiyos qilib ko’rsatiladi hamda yozuvning qiyaligi daftarga taalluqli ekanligi bolalarga tushuntiriladi.
To’rtinchi vazifa. O’quvchilarning qalam ushlashlari tekshirib chiqiladi va qizil rangli qalam bilan bir qator nuqta qo’yib chiqish topshiriladi.


Ikkinchi guruh mashqlar
Darsning maqsadi. Chiziqlarning qiya shaklda yozilishini ko’rsatish hamda chiziqlar orasidagi masofani to’g’ri topishga o’rgatish.
Birinchi vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasiga qiya tayoqchalar chizishni mashq qildirish.
O’qituvchi bu mashqni doskada namuna tarzida ko’rsatib, beradi. O’quvchilar esa qizil rangli qalam bilan qiya tayoqchalarni chizadilar. O’quvchilar bir qator yozib bo’lganlaridan so’ng ular tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi. (Tayoqchalarning bo’yi va qiyaligi, ular orasidagi masofa bir xilmi?) Yozilgan tayoqchalarning bir xilligini tekshirish uchun ularning o’rtasiga ko’k rangdagi qalam bilan nuqtalar qo’ydiriladi.

Agar nuqtalar barobar masofada bo’lsa, o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan, nuqtalar barobar masofada bo’lmasa, o’quvchi xatoga yo’l qo’ygan bo’ladi. Xatoga yo’l qo’ygan o’quvchilarga shu mashqni qayta bajartirish lozim.

Uchinchi guruh mashqlar


Darsning maqsadi. O’quvchilarga «baland», «yuqori» va «past» tushunchalarni anglatish. Chiziqlar orasini to’g’ri topishga o’ragatish.
Birinchi vazifa. Har xil balandlikdagi qiya tayoqchalarni yozdirish. O’qituvchi doskada daftarning yuqori chizig’idan pastki chizig’igacha uzun tayoqchalar tushirishni, tayoqchalarning teng o’rtasini topib, nuqta qo’yishni aytadi; uzun tayoqchaning yarmidan, ya’ni nuqta qo’yilgan eridan uning yoniga kichik qiya tayoqcha chizishni topshiradi. Uzun tayoqchalarning o’rtasiga qo’yilgan kichik tayoqcha gorizontal chiziq bilan bog’lanadi.

Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko’rsatib beriladi. Shundan so’ng o’quvchilar vazifani bajarishga kirishadi.




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling