3-ma’ruza: Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari. Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish Reja


Download 0.95 Mb.
bet4/10
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1128225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Husnixat 3-ma\'ruza

Yettinchi guruh mashqlar


Darsning maqsadi. Kichik harf elementlarining qo’shib yozilishini hamda ularning orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish.
Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini mashq qildirish hamda ularni bir-biriga qo’shib yozishga o’rgatish.

Bu vazifaning to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilganini mashqni bajarib bo’lgandan so’ng ikkita element o’rtasidagi bo’shliqqa boshqa rangli qalam bilan nuqta qo’ydirish orqali ham bilish mumkin.

Agar o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan bo’lsa, nuqta harf elementlari orasiga to’g’ri joylashadi, aksincha, noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, nuqta uchun joy topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani tekshirish ularda uchraydigan xatoning oldini olishning birdan-bir to’g’ri yo’lidir.
Sakkizinchi guruh mashqlar
Darsning maqsadi. «Uzunchoq» va «kaltaroq» tushunchasini anglatish.
Birinchi vazifa. Ikki xil uzunlikdagi yotiq va tik tayoqcha elementlarini yozib ko’rsatish.

Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. O’quvchilar bu tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri qisqa ekanini solishtirib ko’radilar.
To’qqizinchi guruh mashqlar
Darsning maqsadi. Harf elementlarini bir qatorga to’g’ri joylashtirishga o’rgatish.
Birinchi vazifa. O’quvchilarga bir qator cho’zinchoq doira shaklini yozib mashq qildirish.
Ikkinchi vazifa. O’quvchilarga zangori qalam bilan cho’zinchoq doira ichiga bir xil masofada kichik tayoqcha chizib chiqish topshiriladi. Har bir tayoqcha bargning o’rta qismi, ya’ni uning tomirlari vazifasini bajaradi. Bargning ham kichik tayoqcha, bu esa bargning bandi hisoblanadi
Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o’quvchilarni avtoruchka bilan yozishga tayyorlashda katta rol o’ynaydi. Ammo tayyorgarlik davrida o’quvchilar yozuvga taalluqli bo’lgan hamma malakalarni to’liq hosil qildilar deb bo’lmaydi. Shuning uchun ayrim tayyorgarlik mashqlarini harflarini o’rgatish davrida ham olib borish mumkin, masalan, kichik u harfini yozdirishga o’rgatishda uning ikkinchi osti tugunchakli elementining bog’lanishida qiynalishlari mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan tayyorgarlik mashqlari qat’iy bo’lmay o’qituvchi o’quvchilarning kuchiga qarab bir oz soddalashtirishi yoki, aksincha, murakkabroq qilib olishi mumkin.
Ayrim mashqlarda harf elementlari nuqtalar bilan qo’shib berilgan: bunday ishlar o’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi.
Sinfda husnixat mashqlari o’qituvchi tomonidan doskada yozib ham ko’rsatiladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling