1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so’zlar, gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko’rsatish mumkin.
2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli materiallardan tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko’paytirish, og’zaki hisoblash, sonlar qatori jadvallarini ko’rsatish mumkin.
3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar: chizmalarning sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bunday jadvallarga misol qilib maydonlarning o’lchamlari, jismlarning hajmlarini o’lchash va ayrim rasmlarni ko’rsatish mumkin.
4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portretlar va fotorasmlardan iborat bo’ladi.
Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o’lchov birligi jadvallari va boshqalarni olish mumkin.
5. Aralash jadvallar. O’quv jadvallarini asosiy yo’llanmalariga qarab, quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: a) bilish; b) tushuntirish; d) mashq qilish; e) ma’lumot berish.
Bilish jadvali. Bunday jadvallar o’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan vaqtda qo’llaniladi.
Tushuntirish jadvali. Bunday jadvallardan o’quvchilar tomonidan bajarilayotgan ba’zi bir amaliy mashg’ulot yoki ularda amaliy mashg’ulot xarakteridagi malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Bu jadval qisqa tushuntirishlar, ko’rsatmalar bilan berilgan rasm va chizmalardan iborat bo’ladi. Bunday jadvallarga «Partada to’g’ri o’tir», «Chiroyli va toza yoz», «Ruchkani to’g’ri ushla» kabi chizmalar misol bo’la oladi.
Mashq qildirish jadvali. Boshlang’ich sinflarda bolalarga kundalik hayot uchun zarur bo’lgan bilim va malakalar berib boriladi. Shunday zarur malakalardan biri ularni toza, chiroyli va to’g’ri yozishga o’rgatishdir. Bolalarda toza va chiroyli yozish malakasini hosil qilish uchun bir qancha amaliy mashqlarni o’tkazish lozim. «Yozuv qoidalariga rioya qiling» degan rasm o’quvchilarning amaliy mashg’ulotlarni bajarishda hamda mashq qilish vaqtlarida yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |