3-ma’ruza: Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari. Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish Reja
Download 0.95 Mb.
|
Husnixat 3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi guruh mashqlar
To’rtinchi guruh mashqlarDarsning maqsadi. Har xil shaklga va qiyaliklarga ega bo’lgan chiziqlarning unsurlarini yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Uzun tayoqcha unsurini bir necha bo’laklarga bo’lib, ularning orasidagi masofani bir xilda saqlashga o’rgatish. (Bu chiziqlar jigar rang qalam bilan chizdiriladi). Ikkinchi vazifa. Tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi masofaning tengligi tekshirilib chiqilgandan so’ng zangori rang qalam bilan har xil qiyalikka ega bo’lgan kichik chiziqchalar chiziladi. Natijada archa daraxti shakliga o’xshash chiziqlar hosil bo’ladi. O’quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq masofalarni chamalashga va qiyaliklarni to’g’ri saqlashga o’rganadilar. Beshinchi guruh mashqlarDarsning maqsadi. O’quvchilarga «keng» va «tor» tushunchasini anglatish; osti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini har xil rangli qalamda bajarish. Masalan, 3 ta tayoqcha qizil rangda, 3 ta tayoqcha ko’k rangda bajarilsa, o’quvchilarning qiziqishlari ortadi. Ikkinchi vazifa. O’tkir burchak hosil qilib yozilgan element bilan osti ilmoqli kichik tayoqcha elementlarini qiyos qilib ko’rsatish. (Osti ilmoqli tayoqcha elementining to’g’ri yozilishi ko’rsatib o’tiladi, chunki bu element kichik harflarning yozilishida ko’p uchraydi.) O’quvchilarga bu qoidalar tushuntirilgandan so’ng bir qator oralatib, bitta kichik to’g’ri tayoqcha va bitta osti ilmoqli kichik tayoqcha elementi yozdiriladi. Oltinchi guruh mashqlar. Darsning maqsadi. Cho’zinchoq doira shaklini yozishga o’rgatish. Birinchi vazifa. Cho’zinchoq doira shakli bilan tanishtirish hamda uni aylana bilan qiyos qilib ko’rsatish . O’qituvchi doskada aylana va uning yoniga cho’zinchoq doira shaklini yozib, ularni solishtirib ko’rsatadi; Ularning bir-biridan farqini tushuntiradi: aylana - bu koptok yoki tarvuzga, cho’zinchoq doira esa olxo’ri yoki qovun shakliga o’xshaydi. So’ng o’qituvchi cho’zinchoq doirani tik va qiya holatda yozib ko’rsatadi. O’quvchilar uni solishtirib ko’radilar: biri tik holatda, ikkinchi esa bir tomonga qiya qilib yozilgan. O’qituvchi cho’zinchoq doira shaklidagi bu elementni bir tomonga qiya qilib yozish shart ekanligini ta’kidlaydi. O’quvchilar uning yozilishini bir necha marta havoda bajaradilar, so’ngra yozishga ruxsat etiladi. O’qituvchi cho’zinchoq doiraning balandligini ham tayoqcha bilan barobar yozilishini eslatadi. O’quvchilar bir qatorga bitta kichik tayoqcha va bitta cho’zinchoq doira shaklini almashtirib yozadilar. Cho’zinchoq doira shaklining orasiga qo’yilgan bu kichik tayoqchalar uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling