3-ma’ruza: Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Reja
Download 30.23 Kb.
|
3-4-Ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 xil ma`noga ega
So‘z va uning belgilari. Leksikologiyaning asosiy birligi so‘zdir. So‘zga quyidagicha ta’rif berish mumkin: borliqdagi narsa, belgi, miqdor, harakat, munosabat kabilarni nomlovchi til birligi so‘z deyiladi. Masalan, oltin so‘zi sariq rangli qimmatbaho metallning nomi, sariq so‘zi rangning nomi, o‘n so‘zi muayyan miqdorning nomi, yurmoq so‘zi ma’lum harkatning nomi, do‘stlik so‘zi ma’lum munosabatning nomi. Demak, so‘z mohiyatan nom ekan.
So‘z murakkab til birligi bo‘lib, quyidagi belgilarga ega: 1. Borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni nomlaydi, ya’ni nominativ vazifa bajaradi. Biroq so‘z borliqdagi har qanday alohida narsani emas, bir turga mansub narsalar haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi. Masalan, tosh so‘zi “yaxlit massa yoki bo‘lak-bo‘lak holda uchraydigan, qattiq, mo‘rt tog‘ jinsi” degan tushunchani bildiradi va bu so‘z bilan borliqdagi har qanday toshni nomlash mumkin. 2. Har bir so‘z tovush qobig‘iga ega. Masalan, bola so‘zi b, o, l, a tovushlar tizmasidan iborat. So‘zning fonetik o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning ichiga boshqa til birligini kiritib bo‘lmaydi. Masalan, belkurak so‘zining qismlari orasiga boshqa so‘z kiritib bo‘lmaydi. Bel bog‘lash so‘z birikmasining orasiga esa so‘z kiritib, belni mahkam bog‘lash so‘z birikmasi zanjirini hosil qilish mumkin. 3. So‘z nutqda turli-tuman grammatik ma’nolarni ifodalash uchun shu ma’nolarga xos shakllarda qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, so‘zlar shakl yasalish tizimiga ham ega: kitob+lar+im, ishchi+lar+imiz+ga, o‘qi+yap+ti+lar. 4. Alohida olingan so‘z muayyan tushunchani ifodalasa, gap tarkibida ma’lum gap bo‘lagi, ya’ni fikrning bir qismini ifodalaydi. Masalan, Bog‘da bulbul sayrayapti gapida bog‘da so‘zi hol, bulbul so‘zi ega, sayrayapti so‘zi kesim vazifasini bajaryapti, mazmunan esa bog‘da so‘zi ish-harakatning o‘rnini, bulbul so‘zi ish-harakatning bajaruvchisini, sayrayapti so‘zi esa bajauvchining ish-harakatini hukm tarzida ifodalayapti. Ma`lumki so`zlar 2 xil ma`noga ega: Atash ma`nosi( lug`aviy ma`no, leksik ma`no) Grammatik ma`no Download 30.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling