3-ma’ruza: Leksikologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Reja
Download 30.23 Kb.
|
3-4-Ma`ruza
Graduonimiya. Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan:
[Katta]-[o‘rta]-[kichik] [Yosh]-[o‘rta]-[qari] [Uzoq]-[o‘rta]-[yaqin] [Baland] –[o‘rta]-[past] [Uzun]-[o‘rta]-[qisqa]. Ma’lumki [o‘rta] so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda o‘rtalik, oraliq, ya’ni ikki bir-biriga zid belgi oralig‘idagi holatni ko‘rsatadi. [O‘rta] leksemasi antonimlar oralig‘idan o‘rin olsa, (katta-o‘rta-kichik) darajalanishi kam seziladi. Lekin [o‘rta] leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol anglashiladi. Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi. Partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-boʻlak munosabatlarining ifodalanishi. Masalan, avtomobil (butun) – kuzov (bo’lak) – motor (boʻlak) – gʻildirak (bo’lak) va b. Yana: uy (butun) – xona (bo’lak) – ayvon (bo’lak) – koridor (bo’lak). Bularda avtomobil (birinchi qatorda) va uy (ikkinchi qatorda) leksemalari bosh so’zlardir. Ayni paytda kuzov (butun) – eshik (bo’lak) – yukdon (bo’lak) – oyna (boʻlak) – bamfer (bo’lak)qatorida kuzov leksemasi; xona (butun) – oyna (boʻlak) – eshik (bo’lak) qatorida esa xona leksemasi bosh soʻz sanaladi. Ma’lumki, leksemaning ma’nosida borliqdagi voqea-hodisalarning inson ongidagi in’ikosi ifodalanadi, demak, ma’nolar tizimidagi butun-bo’lak munosabati negizida ham, aslida, borliqdagi butun-bo’lak munosabatlarini tilda –ifodalash zarurati yotadi. Partonimiya hodisasini o’rganish lugʻat boyligi tizimining «sir»larini ochish, so’z ma’nolarini aniq va to’gri izohlash nuqtai nazardan ahamiyatlidir. 1 Leksikologiya – grekcha – lexsikos – «lug‘atga (so‘zga) oid», logos – «ta’limot», «fikr» elementlaridan tuzilgan. 3 Etimologiya – grekcha etymon – «haqiqat», logos – «ta’minot» ma’nolarini ifodalaydi. 4 Leksikografiya – grekcha lexikos – «lug‘at» va grapho – «yozaman» degan ma’noni bildiradi. 5 Bir ma’nolilik – monosemantizm (gr. monos – «bir», sementikos – «belgi», «ma’no») deb yuritiladi. 6 Ko‘p ma’nolilik – «polisemantizm» (gr. poli – «ko‘p», sementikos – «belgi», «ma’no») deb yuritiladi. Download 30.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling