3-ma’ruza Mavzu: Tizimli dasturiy ta’minot. Operasion tizim, Mobil Operasion tizimlar va ularning turlari. Windows, Linux operasion tizimlari va ularni kompyuterga o’rnatish. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar


Download 1.65 Mb.
bet5/20
Sana28.10.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1731518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3-ma\'ruza (1)

Disklarni formatlash. Disklarni formatlash deb, yangi yoki oldin ishlatilgan disk yoki disketlarning sirtlarini keraklicha yo‘l va sektorlarga ajratish hamda yaroqsiz joylarni aniqlab, to‘g‘rilab berishga aytiladi. Formatlash jarayonida oldingi yozilgan barcha yozuvlarning buzilishi, ba’zi hollarda hattoki qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada tozalanishi kuzatiladi.
Defragmentatorlar – bu qattiq diskni difragmentatsiya qilish uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturlaridir. Bu jarayonni muntazam bir oyda 1-2 marta o‘tkazish zarur. Ba’zi paytlarda faylni qattiq diska yozishda operatsion tizim uni qismlarga bo‘lib tashlaydi. Faylning bu fragmentlari qattiq diskning turli qismlariga tushadi. Masalan, bir qismi o‘rtasiga, boshqa qismi oxiriga, yana bir qismi esa diskning boshiga tushadi. Shu sababli qattiq disk boshchasi (golovka) bir qismni boshqa qismiga tashib ulgurish uchun tezroq ishlashi kerak bo‘ladi. Bunday zo‘riqib ishlashdan vinchester tezda ishdan chiqadi. Defragmentatorlar bu muammoni echishga yordam beradi. Ular qattiq diskning turli joylaridagi fayl qismlarini bir butun qilib terib oladi.
Auslogics Disk Defrag
Defraggler
Kompyuterdagi disklarni tozalash – bu uncha murakkab bo‘lmagan va zarur jarayon bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pchilik holatda dastur o‘chirilgandan so‘ng sozlash yoki ma’lumot fayllarini qoldiradi. Vaqt o‘tishi bilan bu kabi ishlatilmaydigan va hech kimga kerak bo‘lmagan fayllar ko‘payib, ular qattiq diskning sezilarli qismini egallab qo‘yadi.
Bu muammolarni hal qilish uchun diskni tozalash dasturlari ishlab chiqilgan. Ular turlicha operatsiyalarni bajarib: bevosita diskni tozalashdan boshlab, o‘rnatilgan dasturlarning monitoringini olib borish, to‘liq tozalash va o‘chirish ishlarini olib boradi.
Arxivlashtirish dasturlari.
Fayllarni arxivlash
Kompyuterlar bilan ishlash paytida informatsiya (fayl, dastur) yuqotilishi mumkin. Chunki tasodifiy yuq qilish, virusdan zararlanishi (yuktirish), disklarni yaroksizlanishida uchraydi. Axborotni himoyalash uchun uning zahira nusxalari arxiv holda bulishi lozim. Arxivlash saklanayotgan axborotni ixchamlashga imkon yaratadi. Boshqa tomondan, axborotning kompyuterlar orasida disket orqali ko‘chirilishi doimo kulay, ayniksa, ixcham yoki zichlangan holda.
Arxivlar (fayllar tahlami) yaratilishi uchun maxsus dasturlar –arxivatorlar kullaniladi. Arxivatorlar axborotni maxsus ixchamlashtirish usullarini kullash yordamida fayllarni kichik o‘lchamli nusxalarini yaratadi va bir necha fayllar nusxalarini yagona arxiv faylga jamlashi mumkin.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling