3-ma`ruza. Mavzu: Transport huquqining manbalari. Reja


Transport huquqiy munosabatlari


Download 14.83 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi14.83 Kb.
#1145326
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma`ruza. Mavzu Transport huquqining manbalari. Reja-fayllar.org

2. Transport huquqiy munosabatlari. Transport huquqiy munosabatlar deb, transport huquqiy normalari bilan tartibga solinadigan shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarga aytiladi.
Transport huquqi mulkiy xarakterda bo’lgan munosabatlar va u bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisini ifodalar ekan, xo’sh, transport huquqi asosini tashkil etgan ushbu munosabatlarning o’zi nimani ifodalaydi va uning mazmun, mohiyati nimadan iborat degan savol tug’ilishi tabiiy. Shuni e’tiborga olgan holda biz quyida mulkiy xarakterda bo’lgan munosabatlar va Shuningdek, mulk bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlar to’g’risida biroz bo’lsa-da, to’xtalib o’tishga harakat qilamiz.
Transport huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida quyidagicha ifodalab qo’yilgan. Unga asosan, transport qonun hujjatlari transport munosabatlari ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni, Shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Mulkiy munosabatlarga ta’rif berib o’tishdan oldin, mulk deganda nimani tushunamiz, degan savolga aniqlik kiritib olishimiz lozim bo’ladi. Huquqshunos olimlarimiz mulk tushunchasini quyidagicha tushuntirishga harakat qiladilar:
«Mulk - 1) fuqaroga yoki yuridik shaxsga qarashli mulkiy huquq va majburiyatlar majmuasi (masalan, meros bo’lib qolgan mulk yoki korxona balansida bo’lgan mulk); 2) faqat mulkiy huquqlar majmuasi (masalan, kreditorning talab etish huquqi); 3) ashyo yoki ashyolar yig’indisi, masalan, oldi-sotdi predmeti, mulkni ijaraga olish yoxud mulkni yetkazib berish».
Mulkiy munosabatlar haqida akademik H.R.Rahmonqulov shunday fikrni ilgari suradi: «Mulk asosida turli munosabatlar, masalan, ishlab chiqarish, ishni bajarish, mahsulotlarni tovar sifatida tasarruf qilish, xizmat ko’rsatish, yuklar va yo’lovchilarni tashish, qarz berish, hadya qilish, meros qoldirish, sug’urta qildirish va turli harakatlar bilan bog’liq ko’pgina boshqa munosabatlar vujudga keladi. Bunday munosabatlar o’z mohiyatiga ko’ra bitta yagona umumiy «mulkiy munosabatlar» degan tushuncha bilan ifodalanadi».
И.А.Анортоев, Б.И.Ибратов, Э.Э.Эгамбердиев, М.С.Сайидахмедов. Аҳоли учун юридик маълумотнома. 4-сон. – Т., «Адолат», 1995, 52-53-б. Р.Рахмонкулов. Узбекистон Республикаси Фукаролик кодексининг 1-ыисмига умумий тавсиф ва шарҳлар. 1-жилд. – Т., «Иктисодиёт ва хукук дунёси» нашриёти, 1997, 59-б.
I.B.Zokirov mulkiy munosabatlarga ta’rif berib, shunday fikrni ilgari suradi: «Mulkiy munosabatlar deb, iqtisodiy munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari, umuman kishi mehnatining har qanday mahsulotlarini barpo etish, egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tuShuniladi».
O. Karimova va 3. Gafforov mulkiy munosabatlarga quyidagicha ta’rif beradilar: «Mulkiy munosabatlar – mol-mulkning muayyan shaxslarga tegishli ekanligi, mol-mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o’tishi bilan bog’liq bo’ladi. Mulkiy munosabatlarning birinchi guruhiga mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlar kiradi. Mulkiy munosabatlarning ikkinchi guruhiga, avvalo, ko’pdan-ko’p shartnoma munosabatlari (mol yetkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi, yuklarni tashish shartnomasi munosabatlari) kiradi. Biroq bu munosabatlar shartnoma asosida paydo bo’lmasligi ham mumkin. Xususan, yetkazilgan zararning o’rnini qoplashda, asossiz ravishda qo’lga kiritilgan yoki saqlangan mol-mulkni qaytarib berishda, meros mulkning merosxo’rga o’tishida shunday bo’ladi».
И.Б.Зокиров. Узбекистон Республикасининг фуқаролик хукуки. 1-кисм. – Т., «Адолат», 1996, 6-б.



Download 14.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling