3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab


-a rasm. Savdo bo’lmagan sharoitdagi muvozanat (O’zbekiston)


Download 126.23 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi126.23 Kb.
#1609359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3--Mavzu

2.3.1-a rasm. Savdo bo’lmagan sharoitdagi muvozanat (O’zbekiston).




2.3.1-b rasm. Savdo bo’lmagan sharoitdagi muvozanat (Yaponiya).
1-b rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i esa Yaponiya o’zi nisbiy ustunlikka ega bo’lgan 2-tovarning har bir qo’shimcha birligini ishlab chiqarishni ta’minlash uchun borgan sari ortib boruvchi 1-tovar birligidan voz kechishga majbur bo’lishini ko’rsatmoqda.
@ Transformasiyaning chegaraviy me’yori (marginal rate of transformation) — 1-tovarning qo’shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar soni.
O’rnini qoplashning chegaraviy me’yori (marginal rate of substitution) — mavjud iste’mol darajasining saqlanib qolishi ta’minlangan holda 1-tovarning qo’shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar miqdori.
Xalqaro savdo quyidagi jihatlar bilan xarakterlanadi:
-Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i har bir mamlakatda turlicha, bu ularda o’zaro savdoga kirishishga ishtiyoq tug’diradi;
-Agar ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i mos kelsa, ya’ni ishlab chiqariladigan tovarlar nisbati har ikki mamlakatda bir xil bo’lsa, o’zaro savdo iste’molchilarning didi va istaklaridagi farqqa asoslanadi, bu esa juda yaqin mamlakatlarda ham hyech qachon to’liq mos kelmaydi;
-Taklif transformasiyaning chegaraviy me’yori, talab esa o’rnini qoplashning chegaraviy me’yori bilan aniqlanadi;
-Xalqaro savdo amalga oshadigan muvozanat narxi tovarga bo’lgan jahon nisbiy talabi va jahon nisbiy taklifi bilan aniqlanadi.
Mamlakatlar bir-biri bilan savdo munosabatlariga kirishguncha bo’lgan muvozanat transformasiyaning chegaraviy me’yori (taklif) va o’rnini qoplashning chegaraviy me’yori (talab) o’rtasidagi o’zaro ta’sir orqali o’rnatiladi. O’zbekistonning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i o’rnini qoplashning chegaraviy me’yori egri chizig’i (I) bilan A nuqtada tutashgan, ushbu nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – O’zbekiston o’zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda iste’mol qiladi. Yaponiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i esa o’rnini qoplashning chegaraviy me’yori egri chizig’i (I*) bilan A* nuqtada tutashgan, ya’ni ushbu A* nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – Yaponiya o’zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda iste’mol qiladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’lari va o’rnini qoplashning chegaraviy me’yori egri chizig’lari shaklining har xilligi tufayli 1- va 2-tovarlarning O’zbekiston va Yaponiyada (A va A*) turlicha bo’ladi. 1-tovarning nisbiy muvozanat narxi O’zbekistonda A nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziq bilan ifodalan va u 2-tovarning 1/4 birligiga teng, ya’ni PA = P1/P2 = 1/4
Yaponiyada esa ushbu narx A* nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziq bilan ifodalangan bo’lib, bu nisbiy narx 2-tovarning 4 birligini tashkil etadi: PA* = P1/P2 = 4
Shu narsa aniq ravshanki, Pa/A < P*a/A* bo’lgani bois O’zbekiston 1-tovar, Yaponiya esa 2-tovar bo’yicha nisbiy ustunlikka ega. Ishlab chiqarishning maksimal hajmi (V)ga har ikki mamlakatda A va A* nuqtalarda erishiladi, Q1 va Q2 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqarish miqdorini ifoda etadi:

P1xQ1+P2Q2 = V


Savdo boshlangandan so’ng 1-tovar bo’yicha nisbiy ustunlikka ega bo’lgan, shuning uchun ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvchi O’zbekiston 2-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 1-tovar ishlab chiqarishini kengaytiradi, binobarin ishlab chiqarish nuqtasi A ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i bo’ylab pastga qarab ko’chadi. Yaponiya esa 2-tovar bo’yicha nisbiy ustunlikka ega, shuning uchun u ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi hamda 1-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 2-tovar ishlab chiqarishini kengaytiradi, o’z navbatida ishlab chiqarish nuqtasi A* ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i bo’ylab yuqoriga qarab ko’chadi (2.3.2.-a va 2.3.2.-b rasmlar). Bu jarayon har ikki mamlakatdagi nisbiy narxlar tenglashgungacha davom etadi. Yangi nisbiy narx RA= 1/4 va RA* = 4 orasida joylashadi. Bizning vaziyatda bu narxni ifoda etuvchi chiziq O’zbekistonda B, Yaponiyada B* nuqtalar orqali o’tadi va RV=RV*=1 ga teng bo’ladi. Mana shu holatda nisbiy ustunlik nazariyasi o’z nihoyasiga etadi. Standart model ortib boruvchi o’rnini qoplash xarajatlarini hisobga olgan holda bu nazariyani boshqacharoq talqin etadi.





Download 126.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling