3-Ma’ruza Mavzu Xeksher-Olin modeli, maxsus ishlab
Download 126.23 Kb.
|
3--Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- ToT=100
2.3.3.-rasm. Savdo sharti.
I mport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig’ining joylashuvi esa teskari bog’liqlikni ko’rsatadi: importning nisbiy narxi ko’tarilganda, import qilinayotgan tovarlarga nisbiy talab kamayadi. Import qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig’i va eksport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig’ining kesishishi natijasida A nuqtada vujudga keluvchi nisbiy narx (Px/Pim) bu tovarlarning Qx/Qim nisbiy miqdorida savdo shartlarini ifodalaydi. Savdo shartlari har bir mamlakatning eksporti va importi o’zaro taklifi va o’zaro talabi nisbatini ifodalaydi. Ular har bir mamlakatning eksport va import narxlari indeksi nisbati negizida hisoblanadi va mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati, jumladan tashqi savdo siyosati uchun muhim yo’naltiruvchi hisoblanadi. ToT=100 eksport va import narxlarining tengligini bildiradi. Savdo shartlari indeksining o’sib borishi (ToT>100) mamlakat eksporti jami narxi import jami narxiga nisbatan ortganda har bir eksport qilingan tovar uchun yanada ko’proq import tovarlar sotib olish mumkin bo’lishini ko’rsatadi. Avvalgidek ekport miqdori hisobiga ko’proq import hajmiga ega bo’lish imkoniyati mamlakat farovonligini oshiradi. Savdo shartlari indeksining kamayib borishi (ToT<100) mamlakat importi jami narxi eksport jami narxiga nisbatan ortganda har bir eksport qilingan tovar uchun yanada kamroq import tovarlar sotib olish mumkin bo’lishini ko’rsatadi. Avvalgidek ekport miqdori hisobiga kamroq import hajmiga ega bo’lish oqibatida mamlakat farovonligi pasayadi. Nisbiy talab va taklifning bu nisbati har qanday alohida olingan tovar uchun ham, butun mamlakat bo’yicha ham to’g’ri bo’ladi. Nisbiy talab va nisbiy taklif egri chizig’idagi har qanday siljishlar yoki iqtisodiy o’sish, yoki mamlakatlar o’rtasida daromadning qayta taqsimlanishi parametrlarining o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun savdo shartlarini iqtisodiy ko’rsatkich sifatida quyidagi asosiy ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: Download 126.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling